Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yaponiya kompaniyasi o'zining avtopilotli ommaviy avtomobilini ishlab chiqaradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 97           Дата: 17-07-2016, 11:12          
Yaponiya kompaniyasi o'zining avtopilotli ommaviy avtomobilini ishlab chiqaradi

Yaponiyaning Nissan avtomobilsozlik kompaniyasi shu yilning avgust oyida mamlakat avtomobil bozoriga Serena minivenini etkazib berishni boshlash rejasi borligini e'lon qildi. Minivenga ProPilot avtopilot tizimi o'rnatiladi. Albatta, hozirgi bosqichda, to'liq avtonom boshqaruv haqida gap ketayotgani yo'q. ProPilot mashinani faqatgina yo'lning belgilangan yo'lagida boshqara oladi, u tezlikni, tormozni va rulni nazorat qilishi mumkin.

Tizim o'zining ishida kameralar vositasida olinadigan tasvirlarni tahlil qilish natijalariga tayanadi. U mashinaning boshqa transport vositalari va yo'l chiziqlariga nisbatan joylashuvini aniqlay oladi. Xususan, avtonom boshqaruv tizimi mashinani burilish vaqtida ham yo'lakning o'rtasida saqlab, oldida to'siq paydo bo'lsa, transport vositasini to'liq to'xtatish qobiliyatiga ega.

Shu bilan birga, ProPilot cheklangan tezlik — 30dan 100 km/soat tezlikdagina avtomobilni boshqara oladi. Demak, tizim avtomobilni to'liq to'xtatgan taqdirda, mashinaning qayta harakatini boshlashi uchun haydovchi gaz pedalini bosishi kerak bo'ladi.

Yaponiya kompaniyasi o'zining avtopilotli ommaviy avtomobilini ishlab chiqaradi



Nissan kompaniyasi vakillarining qaydetishlaricha, ular avtopilotli mashinani sotishda Teslaning achchiq tajribasini yodda tutishadi va ProPilotga avtomobillarni xarid qilayotganlarga, avtopilot tizimi cheklangan imkoniyatlarga egaligidan ogohlantiriladi.

Xabarlarga ko'ra, ProPilot tizimi o'rnatilgan Nissan Serena faqatgina Yaponiyada sotiladi. Bu texnologiyali mashinalar Evropada 2017 yilda paydo bo'ladi. Bu tizim birinchi bo'lib Qashqai krossoveriga o'rnatiladi. 2018 yilda Nissan ProPilot 2.0ni ishlab chiqarmoqchi. U, yo'l yo'laklarini o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladi. 2020 yilga kelib esa, shahar ko'chalarida avtomobilni to'liq o'zi boshqara oladigan ProPilot 3.0 paydo bo'ladi.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн