Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Boeing sun'iy yo'ldoshlar va samolyotlarni muhofaza qiluvchi texnologiya uchun litsenziya oladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 135           Дата: 17-07-2016, 11:12          
Boeing sun'iy yo'ldoshlar va samolyotlarni muhofaza qiluvchi texnologiya uchun litsenziya oladi

Amerikaning Rambus kompaniyasining omadi kelgan ko'rinadi. Gap shundaki, u orzudagi shartnomani imzolashga muvaffaq bo'lgan. Xabarlarga ko'ra, Boeing korporatsiyasi birmuncha yangi turdagi hujumlardan himoya qilish vositasini ishlab chiqish maqsadida Rambus kompaniyasining litsenziyasini xarid qilgan. Yangi texnologiya buziluvchi tizimlarning iste'moli va elektromagnit nurlari asosida ishlab chiqariladi.

Rambus texnologiyasi fuqaro va harbiy samolyotlar hamda fazoviy qurilmalar bortidagi hisoblash tizimlarini muhofaza qilishda qo'llaniladi. Odatdagidek, shartnoma qiymati e'lon qilinmagan bo'lsa-da, Rambus o'zining “tilla balig'i”ni tutganini anglash qiyin emas. Chunki, AQSh harbiy byudjeti shunchaki yirik emas, balki juda ham yirik.

Boeing sun'iy yo'ldoshlar va samolyotlarni muhofaza qiluvchi texnologiya uchun litsenziya oladi

Aniqroq so'z yuritiladigan bo'lsa, Boeing korporatsiyasi Rambusning DPA-hujumlar (differential power analysis – energiya iste'molining differentsial tahlili)dan himoya qilish texnologiyasiga litsenziyasini olgan. Ushbu turdagi hujumlar dastlab kredit kartochkalarini buzish chog'ida aniqlangan. Biroq, so'nggi yillarda boshqa sohalarga ham tarqala boshladi. Umuman, bu turdagi hujumlar noan'anaviy kanallar orqali uyushtiriladi. Tizimning elektr iste'moli yoki elektrmagnit nurlarini tarqatish tahlili, nazariy jihatdan ish faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha kalitlarni aniqlash va keyinchalik nishonni ishdan chiqarish imkonini beradi.

Shunisi qiziqarliki, aslida Rambus kompaniyasi ham ayni texnologiya uchun huquqni 2011-yili Cryptography Research kompaniyasidan sotib olgan edi. O'sha vaqtda, Cryptography Research texnologiyasi litsenziyasiga Atmel, Infineon, Microsoft, NXP, Raytheon, Renesas, Samsung, STMicroelectronics, Toshiba va Visa kompaniyalari ham egalik qilgan. Keyinchalik, Rambus tarkibida DPA-hujumlardan himoya qilish tizimini Cisco Systems, Winbond va boshqalar xarid qildi. Boeing bilan imzolangan shartnoma esa, Rambus olib borayotgan muvaffaqiyatli siyosatning uzviy davomi bo'ldi, deyishmoqda ekspertlar.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн