Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQShda 21 krossoverning faralari sinovdan o'tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 163           Дата: 14-07-2016, 11:31          
AQShda 21 krossoverning faralari sinovdan o'tkazildi

AQSh yo'l xavfsizligi sug'urta instituti (IIHS) 21 ta ixcham krossoverning faralarini sinovdan o'tkazish natijalarini chop etdi. Mutaxassislar umumiy hisobda komplektatsiyaga bog'liq holda o'zgaruvchi yorug'lik texnikasining 47 ta turli variantini tekshirdilar. Eng yaxshi natija yakuniy jadvalga kiritildi.

Sinovlar kunning qorong'u vaqtida o'tkazildi. IIHS mutaxassislari maxsus sensorlar yordamida faralardan tushuvchi yorug'likning miqdorini burilishning to'g'ri va 4 ta turida (o'ng va chap virajlar, ravon va keskin burilishlar) o'lchashdi.

Yakuniy baholar 4 ballik shkala: "yaxshi", "qoniqarli", "zaif" va "yomon" bo'yicha qo'yildi. Sinovdan o'tkazilgan avtomobillardan birortasi yuqori ball ololmadi, ulardan deyarli yarmi, ya'ni 12 mashinaga eng past baho berildi.

IIHS vakillari fikricha, eng yomon faralar bilan Honda HR-V modeli jihozlanadi. Sinalganlardan eng yaxshi faralar "Mazda" CX-3’ga o'rnatilishi ma'lum bo'ldi.

Krossoverlar faralari sinovi natijasi

Qoniqarli Zaif Yomon
Ford Escape 2017 BMW X1 Audi Q3
Honda CR-V Mazda CX-5 Buick Encore
Hyundai Tucson Mitsubishi Outlander Chevrolet Trax
Mazda CX-3 Toyota RAV4 Fiat 500X
VW Tiguan Honda HR-V
Jeep Patriot
Jeep Renegade
Jeep Wrangler
Kia Sportage 2017 m.g
Mitsubishi Outlander Sport
Nissan Rogue
Subaru Forester

IIHS birinchi sinovlarni mart oyida o'tkazgandi. Sinovlarda 31 ta model va yorug'lik texnikasining 82 varianti ishtirok etgandi. O'shanda eng yaxshi faralar bilan Toyota Prius v kompaktveni, eng yomon faralar bilan esa BMW 3-Series jihozlangan, deb tan olingandi.

Yaqin kelajakda avtomobillar IIHS tomonidan krash-sinovlarda eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan mashinalarga beriladigan eng yuqori mukofot Top Safety Pick +’ni olish uchun "Yaxshi" yoki "qoniqarli" bahosini olishlari kerak.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн