Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Avstraliya olimlari cho'ponlar mehnatini engillashtirishga qo'l urishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 290           Дата: 14-07-2016, 11:31          
Avstraliya olimlari cho'ponlar mehnatini engillashtirishga qo'l urishdi

Sidney universiteti olimlari «dunyodagi birinchi cho'pon-robot» sinovini o'tkazayapti, deb xabar qilmoqda New Scientist nashri. SwagBot deb nomlangan to'rt g'ildirakli mashina sinovi iyun oyida boshlangan. Robotlashgan cho'pon prototipi, qo'y, qoramol va ot to'dalarini bir joyga to'play oladi, o'tib bo'lmas do'ngliklarni aylanib o'tish orqali yaylov kengliklarida harakatlanib, og'ir yuklarni aravada tashiy oladi.

Olimlar, ishlab chiqarishning keyingi bosqichida, robot-cho'ponga, chorva mollari tana haroratini o'lchay oladigan va ularning orasidan kasallanganlarini aniqlay oladigan sensorlarni o'rnatishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, SwagBot chorva podasini boqish uchun munosib joy tanlay oladi, ya'ni unga u yoki bu maydondagi maysalarning qalinligini aniqlaydigan sensorlar ham o'rnatiladi.

Avvalroq, Sidney universiteti mutaxassislari qishloq xo'jaligi ekinlarining holatini avtomatik ravishda nazorat qila oladigan robotni ishlab chiqishgani xabar qilingan edi.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Март 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031