Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yarim asrdan so'ng Clip-Air samolyot-poezdlari yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 364           Дата: 13-07-2016, 11:13          
Yarim asrdan so'ng Clip-Air samolyot-poezdlari yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadi

Bir vaqtning o'zida ham samolyot, ham poezd bo'lgan qurilmani ko'z oldingizga keltirib ko'ring! Uchta "vagon"-salon transport vositasining aviatsion qismiga biriktirilgan, lekin uni kerak paytda undan ajratish hamda temiryo'l vagonlari sifatida ishlatish mumkin. Agar shunday mo'jizaviy transport turi yaratilsa, yo'lovchilar aeroportdan shahargacha yurishlariga hojat qolmaydi, ajoyib transport turi ularni manzillariga eltib qo'yadi. 2015 yilning bahorida yapon poezdi tezlikning o'ta yuqori darajsini namoyish etib, rekord natijani qayd etgan va erda harakatlanuvchi zamonaviy transport turlarining naqadar tezkorligini ko'rsatgan.

Yarim asrdan so'ng paydo bo'lish ehtimoli bo'lgan bunday misli ko'rilmagan transport turi haqida theverge.com resursida maqola chop etildi.

Clip-Air nomi ostidagi bunday yangi loyiha shveytsariyalik tadqiqotchilar konsortsiumi tomonidan taqdim etildi. Clip-Air aslida 4 qismdan iborat modul samolyoti hisoblanadi. Ulardan uchtasi sayyohlarni tashuvchi salon yoki yuk va yonilg'ilar tashiladigan kapsula bo'lishi kutilmoqda.

Yarim asrdan so'ng Clip-Air samolyot-poezdlari yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadi

Transport vositasining to'rtinchi qismini kabina va dvigateldan iborat samolyotning o'zi tashkil qiladi. Bu samolyot ko'rinishidan juda salobatli bo'lishi aniq. Kapsulalarni samolyotdan ajratib, sayohatni temiryo'l bo'ylab davom ettirish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining saytida bunday transport turini 40 yoki 50 yil o'tibgina yo'lga qo'yishni boshlash mumkinligi ta'kidlangan.

Bu erda gap transport turlarini takomillashtirishda mavjud texnologiyalardan foydalanishga yangicha qarash imkonini beruvchi fikrlash ko'lamini kengaytiradigan tadqiqot loyihasi haqida bormoqda.

Yarim asrdan so'ng Clip-Air samolyot-poezdlari yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadi

Konsortsium yaqin 5 yoki 10 yil ichida xususiy samolyot hajmidagi prototipni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 10-15 yildan so'ng 150 nafar yo'lovchiga mo'ljallangan o'rta hajmdagi prototip paydo bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Uch kapsulali transport vositasini yaratishga taxminan 50 yil kerak bo'ladi.

Ko'rib turganingizdek, atrofimizdagi hamma narsa takomillashib bormoqda - faqat smartfon va planshetlargina emas, balki transport vositalari ham taraqqiyotga qarab olg'a ildamlamoqda - haydovchisiz avtobus va mashinalar, samolyot-poezdlar shular jumlasidandir. Bu ketishda oddiy oshxona ham aqlli bo'lib ketsa ajab emas!

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн