Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xitoyda avtomobilni turargohga joylashtiruvchi robot yaratildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 172           Дата: 8-07-2016, 21:27          
Xitoyda avtomobilni turargohga joylashtiruvchi robot yaratildi

Yaqin kelajakda yirik mehmonxona va restoranlarning avtoturargohlarida ishlovchilar jiddiy raqobatga duch keladigan ko'rinadi. Gap shundaki,ularning vazifasini zamonaviy joylashtirgich robotlar egallashi mumkin. Xitoyning robotexnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Ifen" zavodi avtomobillarni turargohga joylashtiruvchi robotni yasashga muvaffaq bo'lgan.

Avtomatik qurilma, operator yordamisiz mustaqil ishlay oladi. Ko'targich platforma g'ildiraklarga o'rnatilgan bo'lib, 2,5 tonnagacha avtomobilni ko'tara oladi. U, soniyasiga 1,5 metr tezlikda harakatlanishi mumkin.

Unga o'rnatilgan lazerli navigatsiya tizimi atrofdagi xavf va to'siqlarni sezish imkonini beradi. Shunga ko'ra, robot turargohdagi bo'sh joyni bir-ikki daqiqada topadi. Aytish joizki, ayrim haydovchilar mashinani turargohga joylashtirishda qiyinchiliklarga duch keladi, robot esa, 5 mm aniqlik bilan mashinani joylashtira oladi.

Bundan tashqari, avtomobil egasi turargohga kirishi ham shartmas, mashinasini kiraverishda qoldirsa bas, qolganini texnikaning o'zi bajaradi.
Lozim bo'lganda, mashinani egasiga tezroq olib chiqadi. Shu bilan birga, u insonlarga qaraganda 40 foizga samaraliroq ishlab, joyni ham tejay oladi.

Ammo, hozircha bu qurilma qimmat turgani bois, avtoturargohda uning xizmatidan foydalanish, Xitoy bozorida 7 yilda o'zini oqlashi aytilmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн