Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Volkswagen va LG hamkorlikda "aqlli mashina" ishlab chiqaradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 261           Дата: 8-07-2016, 11:26          
Volkswagen va LG hamkorlikda "aqlli mashina" ishlab chiqaradi

Germaniyaning Volkswagen avtokontserni va Janubiy Koreyaning elektr texnikasi ishlab chiqaruvchi LG kompaniyasi o'zaro hamkorlik qilish to'g'risidagi kelishuvni imzoladi. Kompaniyalar axborot almashinuvida bulutli xizmatdan foydalanuvchi multimedia tizimining yangi avlodi ustida bosh qotirmoqda.

Kelajakda, haydovchi yangi dasturiy ta'minot vositasida o'zining «aqlli uyi»ga bog'lanib, signalizatsiyani tekshirishi, chiroqni o'chirishi mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, interfeysning qulayligi sabab, haydovchi multimedia tizimining axborot xabarlarini «tushunarli va xavfsiz usulda» o'qiy oladi.

Bugungi kunda deyarli barcha yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar, ma'lumotlarni saqlashning bulutli xizmatidan foydalanuvchi bu kabi tizimlar ustida ish olib bormoqda.

Xususan, Hyundai kompaniyasi yaqin yillarda bir-biri bilan o'zaro "gaplashadigan" mashinalar paydo bo'lishini e'lon qilgan edi. Avvalroq, Toyota va Microsoft Texas shtatida, barcha "aqlli" mashinalarning "bosh miya markazi" bo'lib xizmat qiladigan maxsus "data-xab"ni barpo etishlarini ma'lum qilgandi.

Ma'lumki, LG kompaniyasi 2007 yildan beri turli avtomobil kompaniyalariga multimedia tizimlarini etkazib beradi. 2015 yili Volkswagen avtokontserniga tegishli Italdesign Giugiaro dizayn-atelesi LG elektronikasi bilan jihozlangan GEA kontsept karini namoyish qilgandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Апрель 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930