Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

LG G5’da 360 darajali gulqog'ozlar bilan virtual reallik

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 524           Дата: 8-07-2016, 11:26          

Bepul sferik gulqog'ozlarni (oboylarni) LG Smart World’ga yuklab olishingiz mumkin.

LG Electronics (LG) kompaniyasi chiroyli panorama rasmlarni bepul yuklab olishni taklif etadi, shu tariqa LG foydalanuvchilari o'zlarining G5 smartfonlarida 360 darajali tasvirlarning salohiyatini to'liq his qilishlari mumkin.

LG G5’da 360 darajali gulqog'ozlar bilan virtual reallik

360 Wallpaper funktsiyasi foydalanuvchilarga sferik tasvirlarni LG G5’ning asosiy ekraniga fon tasviri sifatida o'rnatish imkonini beradi. Telefon harakatlanganda yoki ekran varaqlanganda, fon virtual reallik qurilmalaridagi kabi jonlanadi. 360 darajali suratlarni Cinematic View’da ko'rish mumkin, LG 360 CAM moduli esa sferik tasvirlar yarata oladi, bu tasvirlardan o'z o'rnida G5 uchun gulqog'oz sifatida foydalanish yoki Google Street View’ga yuklash mumkin.

LG G5’da 360 darajali gulqog'ozlar bilan virtual reallik

LG G5 foydalanuvchilarida professional suratkashlar tomonidan yaratilgan ajoyib gulqog'ozlarga bepul egalik qilish imkoni paydo bo'ldi, bundan tashqari hayajonga soluvchi manzaralar va dunyoning mashhur shaharlari suratlari ham betakror gulqog'ozlarda o'z aksini topgan. LG Smart World’da 22ta surat yuklab olish uchun tayyor, noyabrgacha har oyda to'rttadan yangi surat muntazam ravishda qo'shib boriladi.

LG G5’da 360 darajali gulqog'ozlar bilan virtual reallik

“G5 foydalanuvchilarni mobil o'yin tajribasi bilan ta'minlash maqsadida yaratilgan va 360 darajali tasvirlar ushbu tajribaning asosiy qismi hisoblanadi”, - dedi LG Mobile Communications kompaniyasining vitse-prezidenti va marketing aloqalari rahbari Kris Yi. “360 darajali suratlar texnologiyasi hozircha boshlang'ich bosqichda, biroq biz bu texnologiya mobil qurilmalar sohasiga virtual reallikdagi innovatsiyalarni olib kiradi, deb hisoblaymiz”.

LG G5’da 360 darajali gulqog'ozlar bilan virtual reallik

Professional tasvirlar LG Smart World ilovalar do'konida 2016 yilning noyabr oyi oxirigacha xizmatingizda bo'ladi. 360 darajali gulqog'ozlarni o'z smartfonlarida qo'llashga qiziqib qolgan LG G5 egalariga www.LGworld.com manziliga tashrif buyurish yoki gulqog'ozlar haqida qo'shimcha ma'lumotga ega bo'lish uchun Android – ilovani yuklab olish tavsiya etiladi.

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн