Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ilon Mask Tesla’ga qarshi fitna qurboni bo'ldimi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 177           Дата: 7-07-2016, 21:25          
Ilon Mask Tesla’ga qarshi fitna qurboni bo'ldimi?

Tesla prezidenti Ilon Mask uning kompaniyasiga Amerikaning yirik OAV ishtirokida keng qamrovli fitna uyushtirilganini ta'kidladi. Bu haqida Hi News xabar qildi.

Kompaniyaning rasmiy matbuot reliziga ko'ra, yovuz niyatli jurnalistlar Tesla aktsiyalarining bahosiga ta'sir o'tkazish uchun kompaniya mahsulotini maqsadli ravishda qoralagan.

Iyun oyida The Daily Kanban nashri kompaniya siyosatini fosh qiluvchi maqola chop etgan. Unga ko'ra, Tesla o'z mijozlarini avtomobillaridagi nosozliklar haqida gapirmaslikka undaydi. Elektromobilning har bir xaridori uni qo'lga kiritish vaqtida avtomobildagi texnik nosozliklarga doir ma'lumotlarni tashqariga chiqarmaslik to'g'risidagi bitimni imzolashi kerak.

Ma'lumotlarga ko'ra, AQSh harakat xavfsizligi milliy boshqarmasi bu ish yuzasidan tekshiruv olib borgan. Tesla vakillari bunday ayblovlarni rad etib, hech bir mijoz bunday bitimni imzolamagani haqida rasman xabar qilishdi. Ular The Daily Kanban jurnalisti Edvard Nidermayer kompaniyaga doim salbiy munosabatda bo'lishi va uning yopilishiga kun sanashini bildirishdi.

Yaqinda sodir bo'lgan elektromobil avariyasi bu voqealar atrofidagi gap-so'zlarni yanada bolalatdi. Aksariyat ommaviy axborot vositalari Ilon Mask va uning kompaniyasiga tashlanishdi. Mask o'zining Twitter’ida u va uning kompaniyasi atayin uyushtirilgan fitnaning qurboni bo'lganligini ta'kidladi.

Maskning taxminlari asosli: Tesla’ga qarshi haqiqatda fitna uyushtirilgan bo'lishi mumkin, uning boshida esa elektromobillarga o'tishga qattiq qarshilik qilgan milliarderlar aka-uka Devid va Charlz Koxlar turgan bo'lsa ajab emas. Ularning neftni qayta ishlash bilan shug'ullanishini hisobga olsak, tabiiy yoqilg'iga qaramlikni kamaytirish Koxlarni qoniqtirmaydi, albatta. Shunday ekan, Ilon Maskning kompaniyasidan qutulish uchun bir necha million sarflash ular uchun hech gap emas.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн