Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Samsung’ning Xitoydagi shtati ikki yil ichida 13 barobar qisqardi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 139           Дата: 7-07-2016, 01:26          
Samsung’ning Xitoydagi shtati ikki yil ichida 13 barobar qisqardi

Samsung Electronics kompaniyasining Xitoydagi shtati ikki yil ichida 13 barobardan ortiq qisqardi. Bu haqida Korea Herald ma'lum qildi.

2013 yilga qadar kompaniya smartfonlarning eng yirik sotuvchisi bo'lgan, mahalliy korxonalarda 60 mingdan ortiq xodim faoliyat ko'rsatgan. 2015 yilda esa ishchilar soni 4,5 ming nafarni tashkil qilgan. Ishchi o'rinlar soni deyarli 12 mingga qisqargan.

O'tgan yili Samsung Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalar ro'yxatida beshinchi o'ringa tushib ketdi, undan avvalgi pog'onalarda mahalliy Huawei, Oppo va Vivo kompaniyalari joylashgan.

Samsung’ning XXRdagi muvaffaqiyatsizliklari daromadga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. 2013 yilda korporatsiyaning daromadlari 40,1 trillion (34,9 milliard dollar)ni tashkil qilgan bo'lsa, keyingi ikki yilda bu ko'rsatkich 33 va 31 trillion vonga tushib ketgan.

Ta'kidlash joizki, Samsung faqatgina Xitoydagi xodimlarini bo'shatayotgani yo'q. Koreya bozorida kompaniya 2,5 ming ishchi o'rinlarini bekor qildi. Lotin Amerikasida Samsung xodimlari soni 3 ming kishiga kamaydi, Evropada ham xuddi shunday tanazzul kuzatilmoqda.

Biroq 2015 yilning oxiriga kelib Samsung’ning dunyo miqyosidagi shtati 325 677 kishiga o'sdi. Bunday o'sish kompaniyaning yirik korxonalari joylashgan Janubi-Sharqiy Osiyo hisobiga to'g'ri keladi. O'tgan yili bu mintaqadagi kompaniya shtatiga 28 ming ishchi qo'shilgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн