Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shvetsiyada "elektryo'l"lar sinovdan o'tkazilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 191           Дата: 5-07-2016, 21:39          
Shvetsiyada "elektryo'l"lar sinovdan o'tkazilmoqda

Ma'lumki, har qanday, eng zamonaviy avtomobilda ham akkumulyator bo'lishi va u qachondir quvvatini yo'qotishi hech kimga sir emas. Benzin motorli mashinalarda bular bir necha o'n ming kilometrga etsa, elektromobillar borasida bunday deb bo'lmaydi. Xususan, Tesla sohibi bo'lsangiz ham bir necha yuz kmdan so'ng, mashinangiz batareyasini quvvatlantirishga, bu bilan bir necha soatni boy berishga majbur bo'lasiz. Elektromobil yo'lda harakatlanar ekan, quvvatlanib ketishiga nima deysiz. Albatta, bu nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Bu g'oya, Shvetsiya hukumatini ham qiziqtirib qo'ygan ko'rinadi, shu bois u elektr tarmog'i o'tkazilgan yo'l bo'lagini barpo etish imkoniyatlarini o'rganib chiqish bo'yicha maxsus dasturni ishga tushirdi.

Garchi, shvetsiyalik olimlar bir nechta ajoyib echimlarni taklif etgan bo'lsa-da, birmuncha soddarog'i sinovdan o'tkazilmoqda. Tadqiqotchilar yo'lning uzunligi 2 kmga teng bo'lagi bilan cheklanishga qaror qilishgan. Yo'l uzra elektr simlari tortilib, yuk mashinalari uning vositasida elektr manbaidan quvvat oladi. Bu, bir qarashda ko'plab shaharlardagi, yaqingacha Toshkent shahrida ham bo'lgan tramvay va trolleybuslarni ham yodga soladi. Ammo, shvedlar ularning o'rniga yirik yuk mashinalarini harakatga keltiradi. Elektr tarmog'i quvvati 750 voltdir.

Har holda, bu kabi elektr tarmog'i faqat yuk mashinalari va ayrim hollarda avtobuslar uchun barpo etilishi mumkin. Oddiy engil avtomobillar juda pastligi sabab, quvvat oluvchi "elektrshox"lar bilan jihozlash birmuncha mushkul vazifa bo'lishi aniq.

Tadqiqotlarda gibridli yuk mashinalaridan foydalanilmoqda. Bundan tashqari, Shvetsiyada elektryo'llarning boshqa bir turi ham siovdan o'tkazilmoqda. Unda elektr quvvati maxsus relslar orqali uzatiladi. Transport vositalari esa, maxsus "yostiqcha"lar vositasida quvvatlanadi.

Xabarlarga ko'ra, ushbu namuna, shvetsiyalik olimlarga ko'proq ma'qul kelmoqda. Chunki, bunday turdagi "elektryo'l"larda har qanday turdagi avtomobillar quvvatlana oladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн