Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

ZTE va ETB GTB shirkatlari Innovation Awards 2016 mukofotiga sazovor bo'lishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 218           Дата: 5-07-2016, 10:24          
ZTE va ETB GTB shirkatlari Innovation Awards 2016 mukofotiga sazovor bo'lishdi

Global Telecoms Business tashkiloti Innovation Awards 2016 tanlovini tashkil etdi. Unda ZTE Corporation va Kolumbiyaning ETB (Empresa de Telecomunicaciones de Bogotá) operatori Easyoptical+OTDR loyihasi uchun Fixed Network Infrastructure Innovation mukofotiga sazovor bo'ldilar.

Easyoptical+OTDR dasturi doirasida FTTH standartidagi tarmoq tashkil etilib, real vaqt maromida tizimli tarmoq monitoringini amalga oshirish imkoniyatlari ta'minlandi. Ushbu tizim yordamida tarmoqdagi xatoni aniqlash va uni tezda bartaraf etish mumkin bo'lmoqda. Bu esa o'z navbatida nosozliklarni qidirib topishga sarflanadigan vaqtni kamaytirish va pirovardida tarmoqni boshqarish va unga xizmat ko'rsatishni (O&M) tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.
Loyiha ilk bor joriy yilda amalga oshirilib, 2016 yilgi mazkur sovringa loyiq deb topildi.

ETB shirkati Bogota shahridagi fiksatsiyalangan aloqa sohasidagi yirik operator hisoblanadi va iste'molchilarga xizmat ko'rsatish uchun boshqa tarmoqlar qatorida GPON tarmog'idan foydalanadi. GPON tarmog'i ETB kompaniyasiga o'zining bozordagi ulushi va amaliyotlardan keladigan daromadini oshirish imkonini berdi. Kompaniya xizmat ko'rsatish hamda faoliyat yuritish borasida bir qator muammolarga duch kelgandi. Masalan, PON tarmoqlarini monitoring qilish va avtomatik tashxislash uchun mexanizmlarga ega emasdi, bu esa tarmoq shikastlangan joylarda samaradorlikning pasayishi va mijozlar shikoyatlariga tezda javob bera olmaslikka olib kelardi.

Bu muammolarni hal qilish uchun ZTE kompaniyasi Easyoptical+OTDR echimini taklif qildi. Ushbu texnologiya GPON tarmoqlarning barcha asbob-uskunalarini real vaqt maromida kuzatish va tekshirish imkonini beradi.
Easyoptical+OTDR echimi yuqori samara berib, undan foydalangan ETB kompaniyasida katta taassurot qoldirdi. Ushbu texnologiya faol interfeys va nosozliklarni bir zumda aniqlash va shikatlangan joyni tezda topish tizimidan tashkil topgan.

Easyoptical+OTDR echimi ettita moduldan iborat: nosozliklarni aniqlash, real vaqt maromidagi monitoring, xatar signaliga ishlov berish, tizimlar ishini prognozlash, statistika va tahlil, onlayn baholash va onlayn maqbullashtirish modullari shular jumlasidn. Ushbu modullar FTTx tarmoqlaridagi muammolarni tezda aniqlash va bartaraf etish hamda O&Mni yaxshilash, shuningdek xizmatlar sifatini optimallashtirish imkonini beradi. Natijada mijozlar shikoyatlariga tezkor ravishda javob qaytarilib, foylanuvchilarning talabi qondirilmoqda.

Global Telecoms Business jurnali tomonidan 2007 yili ta'sis etilgan GTB Innovation Awards mukofoti xizmatlar provayderlari va texnologiyalar etkazib beruvchi kompaniyalar ishtirokidagi global telekommunikatsiya tarmog'idagi innovatsion loyihalar uchun topshiriladi. Kompaniya keyingi bir necha yilda bir qator GTB Innovation Awards mukofotlariga loyiq deb topildi.

ZTE — telekommunikatsion asbob-uskunalar va mobil telefonlarining jahonda etakchi ishlab chiqaruvchisidir. ZTE kompaniyasi simli va simsiz aloqa, mobil va fiksatsiyalangan terminallar bozorining deyarli har bir sohasini turli-tuman sifatli mahsulotlar bilan ta'minlaydi. Bugungi kunda dunyoning ko'pgina mamlakatlarida ZTEning ko'plab vakolatxona va tadqiqot markazlari faoliyat yuritmoqda, ularda o'n minglab insonlar mehnat qilyaptilar.

O'zining M-ICT strategiyasi doirasida kompaniya telekommunikatsiya va axborot texnologiya sohalarining yaqinlashuvi davrida mijozlarga ishning yuqori samarasini ta'minlovchi integratsiyalangan innovatsiyalarni taklif etish ustida tinimsiz ishlamoqda.

Kompaniya 160 ta mamlakat va mintaqaga asbob-uskunalar va xizmatlarni etkazib beradi va Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Evropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDHdagi 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko'rsatadi.

ZTE shirkati iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun 50 dan ortiq echimlarni taklif qilyapti. Xitoy kompaniyasi shuningdek iste'molchilar uchun mo'ljallangan mahsulotlar – telefonlardan tortib smartfon va planshetlargacha ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarni O'zbekiston bozorida bemalol sotib olish mumkin. ZTE smartfonlarining asosiy dasturiy platformasi – OS Android hisoblanadi.

ZTE sho'ba korxonasi O'zbekiston Respublikasida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida o'z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu davr mobaynida bizning kompaniya O'zbekistonda telekommunikatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo'shib, ilg'or kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, mahalliy aholi uchun ish joylarini taqdim etib, insonlarning kommunikatsiya texnologiyalari haqidagi bilimlarini oshirib kelmoqda.

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031