Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Google Play'da dasturlar va o'yinlarning test versiyalarini o'rnatish imkoniyati paydo bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 240           Дата: 2-07-2016, 20:44          
Google Play'da dasturlar va o'yinlarning test versiyalarini o'rnatish imkoniyati paydo bo'ldi

Ko'plab ishlab chiqaruvchilar o'z ilovalarini sinash uchun avval dastlabki versiyalarni chiqarishadi. Test sinovi ishtirokchilari eng yangi funktsiyalarga kirish imkonini birinchi bo'lib qo'lga kiritishadi. Beta-versiyalarning bonusi ularning bepulligidadir.

Ilgari Android uchun beta-versiyalarni topish qiyin edi. Buning uchun "Google+"da ishlab chiqaruvchining sahifasini izlab topish, maxsus havola bo'yicha o'tish, so'ngra test versiyaga ilova yangilanishini kutish talab qilinar edi. Endi esa test sinoviga qo'shilish uchun zarur bo'lgan barcha narsalar Google Play'ning ilovalar katalogida mavjud.

Google Play'da dasturlar va o'yinlarning test versiyalarini o'rnatish imkoniyati paydo bo'ldi

Eng avvalo Google Play'ning bosh ekranida yangi "Beta-versiya sinovi" bo'limining paydo bo'lganini e'tirof etish lozim. Nomidan ma'lumki, undan xali ishlab chiqarishda bo'lgan, lekin dastlabki versiya sifatida yuklab olish mumkin bo'lgan ilova va o'yinlar o'rin olgan.

Agar siz bu bo'limdan birorta dasturni yuklab olsangiz, u holda uning ikonasi "Mening ilovalarim va o'yinlar" ekranida paydo bo'ladi. Bu erda shu kabi elementlar uchun "Beta-versiyalar" deb nomlangan maxsus bo'lim mavjud.

Xo'sh, agar beta sizga yoqmasa va siz barqaror yangilanish kanaliga qaytishga qaror qilsangiz, qanday yo'l tutish mumkin?

Buning yo'li juda oson. Ushbu dasturning Google Play'dagi kartochkasini oching va eng quyi qismiga tushing. Bu erda siz test sinovi ishtirokchisi ekanligingiz haqidagi xabarni hamda bundan voz kechish mumkin bo'lgan tugmani ko'rasiz.

Google Play'da beta-sinovlar uchun funktsiyalarning yaratilishi hammaga ham qiziq emas, albatta, bu qiziquvchan va sabrsiz insonlar uchun ayni muddaodir. Siz ham shunday insonlar qatoriga kirasizmi? Unda bu aynan siz uchun!

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031