Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Telegram rahbariyati messenjer himoyasi zaifligi haqidagi tasdiqlarni safsata deb atadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 113           Дата: 30-06-2016, 10:10          
Telegram rahbariyati messenjer himoyasi zaifligi haqidagi tasdiqlarni safsata deb atadi

Telegram messenjeri rahbariyati messenjerni "etarlicha xavfsiz emas" va mutlaq himoyalangan servis deb reklama qilinganga to'g'ri kelmasligini aytgan amerikalik krpitograflarning vajlarini inkor etdi. Bu haqda messenjer egasiga yaqin bo'lgan manba ma'lum qildi.

"AQShning Gizmodo sayti Telegram haqida xatolar, noaniqliklar va tushunchalarning ataylab o'zgartirilishiga to'la bo'lgan yoqimsiz material chop etdi. Rossiya matbuoti, afsuski bu qarmoqqa ilindi. Albatta, buning barchasi safsata", deb aytdi manba.

Manbaning ayitishicha, maqola muallifi "tugallangan shifrlash"ni oddiy " shifrlash" bilan o'zgartirib, bu asosda xizmatning oddiy chatlaridagi ma'lumotlar shiflanmasligini aytgan. Biroq Telegram orqali uzatiluvchi istalgan ma'lumotlar shifrlanadi. Maxfiy chatlarda qurilmadan qurilmaga shifrlash qo'llanadi, oddiy bulutli chatlardagi ma'lumotlar mijoz va server o'rtasida uzatish uchun shifrlanadi va serverda shifrlangan holda saqlanadi.

Ma'lumotlarni asl holiga qaytarish uchun kalitlar bir necha qismga bo'linadi va turli hududlarda bo'lgan bir necha ma'lumotlar markazida saqlanadi. "Telegram’ni qandaydir ma'lumotlarni berishga majbur qilish uchun bir necha davlatlar o'rtasidagi aqlbovar qilmas darajadagi hamkorlik kerak bo'ladi", deb aytdi manba.

Manba shuningdek mutaxassislarda shifrlash uchun ishlatiladigan mexanizmlarni tahlil qilishning imkoni yo'qligi haqidagi tasdiqlarni ham rad etdi. "Ma'lumotlarni uzatish bayonnomasini tahlil qilish uchun barcha ma'lumotlar ham batafsil, ham qisqa sharhlar ko'rinishida ochiq foydalanishga qo'yilgan. Tadqiqotchilarda MTProto bayonnomasini tahlil qilish uchun barcha instrumentlar bor", deb o'z so'zini yakunladi manba.

24 iyunda Gizmodo kriptografiya (ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash haqidagi fan) bo'yicha etakchi amerikalik mutaxassislar messenjerning xavfsizligiga shubha bildirishganini ma'lum qilgandi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, messenjerning asosiy muammolaridan biri unda suhbatlarni so'zsiz shifrlash imkonining yo'qligi hisoblanadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн