Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Samsung Galaxy Note 7‘ning ko'rsatkichlari ma'lum bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 214           Дата: 29-06-2016, 10:03          
Samsung Galaxy Note 7‘ning ko'rsatkichlari ma'lum bo'ldi

Mobil qurilmalarning rasmiy namoyishidan ancha avval ular haqida bir necha marotaba ishonchli ma'lumotlar bergan, @evleaks tvitter-blogi muallifi Evan Blass Samsung’ning yangi chiqariladigan planshetofonining muhim ko'rsatkichlarini oshkor qildi. Uning ma'lumotlariga ko'ra, Galaxy Note 7 5,7 dyuymli Super AMOLED QHD-ekran va ko'z rangdor pardasi skaneri bilan jihozlanadi.

Fablet ikkita: 12 Mpli asosiy va 5 Mpli old kamera bilan jihozlanadi. Ichki o'rnatilgan xotira 64 Gb ni tashkil qiladi. Qurilma chang va namlikdan himoyani ko'zda tutuvchi IP68 standarti bo'yicha sertifikatlanadi. Qurilmaning korpusi qora, kumushrang va ko'k rangda bo'ladi.

Note 7 qurilmasi Samsung’ning Nyu-Yorkdagi Linkoln-markazda o'tadigan keyingi yirik matbuot-anjumani Samsung Unpacked 2016’da namoyish qilinishi kutilmoqda. Tasdiqlanmagan axborotga ko'ra, anjuman 2 avgustda bo'lib o'tadi.

Avvalroq berilgan ma'lumotlarga ko'ra, 7-avloddagi Note Snapdragon 823 protsessori yoki uning muqobili Exynos, USB Type-C universal porti, 4000 mA-soat sig'imga ega batareya bilan jihozlanadi. Ehtimol, Note 7’ga samaradorlikni oshirish uchun pochta, ijtimoiy tarmoq va messenjerni birlashtiruvchi Samsung Focus dasturi avvaldan o'rnatiladi.

Samsung yangi Note’ni namoyish qilish muddatlarini yil sayin surib bormoqda. Note 3 2013 yil 25 sentyabrda, Note 4 2014 yil 3 sentyabrda, Note 5 esa 2015 yil 13 avgustda namoyish qilingandi. Ko'rinishicha kompaniya uning yangi qurilmalari Apple odatda kuzda ko'rsatadigan iPhone va sentyabrdagi IFA ko'rgazmasida ko'rsatiladigan boshqa qurilmalar oldida ko'rimsiz tuyulmasligini istaydi.

Foto:Google image

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн