Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 700           Дата: 28-06-2016, 20:25          

Eng mashhur milliarder, komikslardagi Toni Starkning real hayotdagi aksi hamda “Bill Geyts va Stiv Jobsning munosib izdoshi” - Ilon Mask 45 yoshga to'ldi.

Mask - PayPal va SpaceX kompaniyalarining asoschisi, Tesla Motors bosh direktori, SolarCity direktorlar kengashi a'zosi va Forbes ro'yxatiga kiritilgan milliarder. Afrikada tavallud topgan Mask Amerikaga ko'chib o'tishga va o'z orzusini amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan: uning sharofati bilan ilm-fanning mavqei yanada ko'tarildi, odamlar ekologik elektrokarlarga ishonishdi, shu bilan birga ultratovushli poezdlarda sayohat qilishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Ilon Mask

Kenja Robert Daunining ta'kidlashicha, “daho, milliarder va xayriyaparvar” obrazi qisman Maskdan ko'chirilgan. Bundan tashqari, aktyor Maskni “Temir odam 2”da ko'rinish berishga ko'ndirgan.

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Tesla Motors rahbari Ilon Mask Tesla Model X taqdimotida

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Tesla Roadster’ning ilk yo'lovchilaridan biri mashhur aktyor va o'sha paytlardagi Kaliforniya gubernatori - Arnold Shvartsnegger

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

AQSh prezidenti Barak Obama va Ilon Mask

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Ilon Mask o'z ish faoliyatini 12 yoshidanoq boshlagan – dasturlashga ikki yil o'qib, u Blast Star o'yinini chiqardi hamda uni 500 dollarga sotishga muvaffaq bo'ldi

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Ilon Mask SpaceX kompaniyasida jurnalistlarga Dragon V2 kosmik kemasini namoyish qilmoqda

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Ilon Maskning besh nafar o'g'li bo'lib, u o'z farzandlari uchun shaxsiy maktabini ochgan. U sinflarga ajratilmaydi – bolalar yoshlaridan emas, imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli fanlarni o'rganishadi. Maskning fikricha, an'anaviy maktablarda ta'lim berish printsipi noto'g'ri yo'lga qo'yilgan, o'zining shaxsiy ta'lim muassasasida esa bolalar faqatgina ta'tillarning haddan ziyod uzunligidan shikoyat qilishadi.

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

So'nggi 12 yil ichida Ilon Mask ikki martagina ta'tilga chiqqan. Uning so'zlariga ko'ra, dam olishga haqqi yo'q, zero uning biznesi doimiy nazorat ostida bo'lishi kerak. Maskning taqvimida SpaceX va Tesla kompaniyalaridagi ishchi kunlari aniq yozilgan (bu ikki kompaniya boshqa-boshqa shaharlarda joylashgan), dam olish kunlari degan joyida esa hamisha “oila” deb yozilgan bo'ladi.

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Bosh ijrochi direktor Piter Til va PayPal asoschisi Ilon Mask kompaniyaning Palo-Altodagi shtab-kvartirasida, 2000 yil

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Ilon Mask SpaceX kompaniyasida jurnalistlarga Dragon V2 kosmik kemasini namoyish qilmoqda, 2014 yil

Eng mashhur milliarder 45 yoshda

Maskning rejalarida - Marsni mustamlaka qilish, sayyoraning har bir aholisini Tesla ekologik elektrokari bilan ta'minlash va Erni “yovuz” texnologiyalardan qutqarish – 2015 yilning yanvar oyida u sun'iy intellektni nazorat qilishga doir tadqiqot uchun 10 million dollar ajratgan. Milliarder orada “Simpsonlar”dagi o'z personajiga ovoz berishga ham ulguradi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн