Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

iPhone fonarchasi 11 yoshli qizga onasining hayotini saqlab qolishda yordam berdi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 599           Дата: 1-12-2015, 15:29          

iPhone smartfoni, topqirlik va favqulodda holatlarda sarosimaga tushmaslik Avstraliyaning Suon-Xill shahrida yashovchi 11 yoshli Lara Albanga onasining hayotini saqlab qolishida yordam berdi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda.

Lara Alban onasi Shona (chapda) va G‘arbiy Avstraliya gubernatori Kerri Sanderson bilan. Foto: “Mail.ru”

Kechki payt Lara poni otini sayrdan so‘ng otxonaga qo‘yib chiqayotganida qichqiriqni eshitadi. Ortiga o‘girilgan qiz yerda yotgan va ingrayotgan onasi Shonani ko‘rib qoladi. Yugurib borgan Lara uning yuzi qonga belanganiga guvoh bo‘ldi: ayol oilaning erkatoyi bo‘lgan Nala laqabli ot tepkisi tufayli jiddiy jarohat olgandi. Qiz qo‘rqib ketdi, biroq sarosimaga tushmadi. Onasining telefonini olib, qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi, so‘ng 17 daqiqa davomida ularning telefon orqali aytib turgan tavsiyalarini bajarib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi.

Chaqiriq bo‘yicha yetib kelgan shifokorlar qorong‘ida uyni adashtirib qo‘ydi, biroq Lara bu gal ham shoshib qolgani yo‘q va iPhone fonarchasidan foydalanib, ularni chorladi. Shu tufayli Shonaga vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Foto: “Mail.ru”

Singan jag‘iga oltita platinali plastina qo‘yilgan ayolning aytishicha, agar qizi bo‘lmaganida voqea sodir bo‘lgan kuni hayotdan ko‘z yumgan bo‘lardi. Lara mahalliy tez tibbiy yordam xizmati vakillari tomonidan St. John Ambulance Community Hero Award mukofoti bilan taqdirlandi. Ularning aytishicha, qiz favqulodda vaziyatda o‘zini ancha-muncha kattalarga qaraganda xotirjamroq va aqlliroq tutgan.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн