Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Boston Dynamics kompaniyasi xizmatkor robot-SpotMini’ni yaratdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 186           Дата: 25-06-2016, 20:05          
Boston Dynamics kompaniyasi xizmatkor robot-SpotMini’ni yaratdi

Boston Dynamics muhandislik kompaniyasi robot texnikasiga ixtisoslashtirilgan navbatagi yangilik - SpotMini yaratdi. Ushbu SpotMini tashqi ko'rinishi jihatidan hayvonlarni eslatib, ko'proq itga, jirafaga o'xshashligi bilan ajralib turadi.

Ammo u shunchaki uy hayvonlarini eslatuvchi oddiy robot bo'lib qolmay, xonadoningizdagi ayrim uy-ro'zg'or ishlarini mustaqil ravishda bajaruvchi xizmatkor hamdir.

Boston Dynamics kompaniyasi xizmatkor robot-SpotMini’ni yaratdi

SpotMini o'zining bo'yin-manipulyatori orqali istalgan uy ro'zg'or anjomini joyidan qo'zg'atib, boshqa bir ob'ektga ko'chirib qo'ya oladi. Masalan, iflos shisha idishni yuvgich mashinasiga solib qo'yishi mumkin yoki aksincha.

Yumshoq divandan turishga eringan paytlaringizda, limonad idishini olib berib, sizga o'zini yaxshi xizmatkor sifatida namoyon qilishi mumkin.

SpotMini sensorga xos bo'lgan ko'plab xususiyatlarni o'z ichiga olib, hisoblagich, kameradan iborat. Bu esa unga harakatlanish mumkin bo'lgan maydonni aniq belgilab olishiga yordam beradi.

Manipulyator — robot bo'yni — uch o'lchovli giroskop bilan jihozlangan bo'lib, SpotMini’ning boshini tana harakati bo'ylab bir maromda tutib tura oladi. Ammo shuni aytish lozimki, xuddi boshqa robotlar singari SpotMini ham yiqilib tushish xavfidan himoyalanmagan. Biroq sirg'anchiq pol yoki erda yotgan banan po'choqlari esa robot uchun muammo emas.

Boston Dynamics kompaniyasi xizmatkor robot-SpotMini’ni yaratdi

Yiqilishidan avval u o'zini qutqarishga kirishadi va zudlik bilan o'zidagi mujassam bo'lgan himoya dasturini ishga soladi.

Shuningdek, zinalar bo'ylab ko'tarilish ham SpotMini uchun muammo emas. SpotMini’ning harakatlanishi uchun ketadigan quvvat esa yarim soatga etadi.

Bu vaqt davomida siz robot bilan o'ynash yoki uyingizdagi muhim yumushlarni unga bajartirishingiz mumkin.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031