Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

McLaren poygachi supergibridi oddiy yo'llarga moslashtirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 420           Дата: 24-06-2016, 18:58          
McLaren poygachi supergibridi oddiy yo'llarga moslashtirildi

McLaren kompaniyasi o'zining poygalardagi hamkori, Britaniyaning Lanzante, atelesi bilan birga P1 GTR poyga supergibridini — oddiy yo'llarga mo'ljallangan P1 LM modeliga aylantirdi. U, trek toifasidan aerodinamikasining yaxshilangani, engilashgani bilan farq qiladi. Bundan tashqari, uning tannarxiga «Maklaren»ning maxsus poyga dasturida ishtirok etish qiymati ham qo'shilmaydi.

Lanzante muhandislari P1 GTRdan Race Active Chassis Control faol podveskasi, pnevmatik domkratlarni olib tashlab, boltlar va turli mahkamlagichlarni titanlilarga almashtirgan. F1 GTR o'rindiqlari o'rnatilgan. Shisha oynalari Lexan polikarbonatiga almashtirilgan. Natijada, mashina 60kgga engillashib, 1437 kilogrammni tashkil etgan.

McLaren poygachi supergibridi oddiy yo'llarga moslashtirildi

Shuningdek, orqa aksilqanot shaklini o'zgartirilib, oldsplitter kengaytirilgan. Bu, P1 GTRga nisbatan bosish kuchini 40 foizga kuchaytirish imkonini bergan.

P1 LM intereriga P1 GTR kabi to'liq karbon va alkantara bilan ishlov berilgan. Rul chambaragining markaziy qismi MP4/23 uslubida ishlangan. Priborlar panelidagi rangli ekran saqlab qolingan, old panelga yana bir rangli displey joylangan. Shuningdek, konditsioner ham yoddan ko'tarilmagan.

McLaren poygachi supergibridi oddiy yo'llarga moslashtirildi

1000 ot kuchiga ega, 3,8-litrli juftturbo V8 dvigateli hamda 200-quvvatli elektromotor deyarli o'zgartirilmagan. Lanzante muhandislari ularning issiqlik izolyatsiyasi va oraliq sovutgichini yaxshilashgan xolos. Model titan va inkoneldan yasalgan tutun chiqarish tizimiga ega bo'lgan.

P1 LM to'plamiga, dinamometrik kalit, diagnostika uskunasi, avtomobil chexoli, 1:8 nisbatdagi modeli hamda suratlar kiritilgan. P1 GTR ning yo'l toifasidan atigi 6 dona ishlab chiqariladi. Undan beshtasi mijozlarga sotiladi, bittasi kompaniya ixtiyorida qoladi. Ayni shunisi, 26 iyun kungi Gudvuddagi Tezlik festivalida qatnashadi.

McLaren poygachi supergibridi oddiy yo'llarga moslashtirildi

McLaren poygachi supergibridi oddiy yo'llarga moslashtirildi

Foto: motor.ru

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Март 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031