Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

LG G5se kamerasining haqiqiy professionaldek suratga olishga yordam beruvchi 12 xususiyati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 420           Дата: 24-06-2016, 18:07          

Kompakt kameralar endi o'tmishda. Yangi avlod smartfonlari deyarli har qanday fotosurat uchun mukammal to'g'ri keladi, buning ustiga portativ hajmga ega. Aslida smartfonlarning kamerasi juda yaxshi, ularning orasidan eng yaxshisini tanlash oson kechmaydi. Aynan shu bois yangi LGG5se smartfonlaridagi ikkilamchi kameraning sozlamalari alohida tahsinga sazovor.

Oddiy kameradan zerikdingzmi? LGG5se’ning kamerasidan foydalanishga doir barcha tafsilotlar va maslahatlarga ega bo'ling!

Ko'plab yangi sozlamalar – mana u nimasi bilan qiziq. Biz aslida nima qanday ro'y berayotganini aniqlash uchun LG G5se’ning barcha sozlamalarini alohida ko'rib chiqamiz. Quyida kameradan to'liq foydalanishingiz uchun Sizga yordam beruvchi tavsiyalar beriladi:

1. Qo'lda sozlash rejimiga qanday o'tish mumkin va unda nima bor.

LG G5se kamerasining haqiqiy professionaldek suratga olishga yordam beruvchi 12 xususiyati

LG G5se kamerasining eng yaxshi qo'shimcha sozlamalaridan biri qo'lda sozlash rejimi hisoblanadi. Unga kirish uchun ekranning yuqori chap burchagidagi uch nuqtali belgini bosing, u uchta asosiy rejimga kirish imkonini beradi: Oddiy, Avtomatik va Qo'lda sozlash.

Siz boshqarishingiz mumkin bo'lgan asosiy sozlamalar – bu oq rang balansi, fokus, ekspozitsiya, ISO, tortishish tezligi va ekspozitsiya fiksatsiyasi (AE-L). Ularning aksariyati oddiy, lekin oq rang balansi rang haroratini o'zgartiradi, bu esa sun'iy yoritish o'rnini qoplash yoki rang effektlarini yaratish imkonini beradi. ISO sensorning sezuvchanligini aniqlaydi, shuning uchun qorong'u sharoitlarda rasmga olganda ISO’ning yuqori sozlamalarini yoqish zarur. So'nggi sozlama – ekspozitsiya fiksatsiyasi (AE-L) – sizga ijodiy effekt kabi yorug'lik darajasini qo'llash imkonini taqdim etadi, bunda siz avtomatik rejimdan farqli o'laroq suratlarni ochroq yoki to'qroq qilishingiz mumkin. ,

2. Shovqinsiz aniq tasvirlarga ega bo'lish uchun qo'lda sozlash rejimini qanday qo'llash mumkin.

LG G5se kamerasining haqiqiy professionaldek suratga olishga yordam beruvchi 12 xususiyati

Shovqin darajasi past bo'lgan tasvirlar yaratish uchun ham LGG5se’ning qo'lda sozlash rejimidan foydalaning. Avtomatik rejim doimo aniq suratlar olish imkonini beruvchi sozlamalarni qo'llaydi, ammo ko'pincha bu ularda shovqin paydo bo'lishiga olib keladi.

200dan kam bo'lgan ISO darajasini o'rnating (u ISO 50 darajasigacha tushadi), so'ngra shovqin darajasi past bo'lgan mukammal natijalarga erishish uchun tortishish tezligi regulyatoridan foydalaning. LGG5se yana optik tasvir barqarorligi (OIS) bilan ta'minlangan, bu unga uzoq xizmat ko'rsatish va shtativ ishtirokisiz aniq suratlar olish imkonini beradi.

3. Kadr ko'lamini kengaytirish uchun ikkinchi kameradan foydalanish

LG G5se kamerasining haqiqiy professionaldek suratga olishga yordam beruvchi 12 xususiyati

LG G5se asosiy kamerasining asosiy xususiyati – bu ikki sensorga mavjudligi, ulardan biri oddiy 28 mm ob'ektivga ega bo'lsa, boshqasi – 20 mm’li “baliq ko'z” ob'ektivining ekvivalenti, bu 135 gradusli tasvirga olish burchagini ta'minlaydi.
Dastlab bu ikki sensor mutlaqo boshqa-boshqadek va Siz ularga ekranning yuqori qismidagi kichik tugmalardan foydalanib o'tadigandek tuyuladi. Biroq ikkinchi kameradan kompozitsiyaga qo'shimcha qiluvchi uskuna sifatida foydalanib, oddiy kadrning ko'lamini kengaytirish mumkin. Kadrning ko'lamini o'zgartirish uchun shunchaki barmoqlaringizni ekran bo'ylab harakatlantiring. Bu displeyning o'ng tomonida kattalashtiruvchi boshqaruvni ishga tushiradi va kattalashtirish darajasini sozlash imkonini beradi.

4. Eng yuqori sifatli suratlar olish uchun asosiy kameradan foydalaning.

LG G5se kamerasining haqiqiy professionaldek suratga olishga yordam beruvchi 12 xususiyati

LG G5se smartfoni kamerasining keng burchakli ob'ektivi uning ko'p sotilishi sabablaridan biri hisoblanadi, undagi “baliq ko'zi” effekti sizning suratlaringizga dramatik ko'rinish baxsh etadi. Shuningdek u deyarli mini-panorama kabi bir kadrga iloji boricha ko'proq joyni sig'dirish imkonini beradi, bu sizning kundalik suratlaringizni noodatiy qiluvchi ajoyib muqobildir. Asosiy kamera 16 Mp sensor tufayli yuqori o'lchamga ega, keng burchakli esa – 8 Mp. Tasvirni optik barqarorlashtirish texnologiyasi, o'z navbatida, yorug'lik darajasi kam bo'lgan sharoitlarda shtativsiz ajoyib suratlarni osonlikcha olish imkonini tug'diradi.

5. Foto va videotasvirlar o'lchamini o'zgartirish.

LG G5se kamerasining haqiqiy professionaldek suratga olishga yordam beruvchi 12 xususiyati

Aksariyat smartfon kameralarida Siz hattoki 16:9 (telefon ekrani shakli) o'lchamli tasvirni 4:3 formatiga o'tkazsangiz ham, to'liq o'lchamli natijalarga ega bo'lasiz, chunki bu sensorning haqiqiy formati.
LG G5se kamerasining ikkala asosiy sensori ham 16:9 formatiga ega, shu bois keng formatli suratlar bu erda eng yaxshi variant hisoblanadi. Turli formatdagi tasvirlar bilan tajriba o'tkazmoqchi bo'lsangiz, ekranning chap tomon pastki burchagidagi tishli xalqa belgisini bosib va menyudan tegishli punktni tanlab, 4:3 yoki 1:1 formatlariga o'tilsa bas (profilda mukammal suratga ega bo'lish uchun).

Suratlar formatini o'zgartirish bilan bir qatorda shu erning o'zida video o'lchamini o'zgartirish mumkin. LG G5se odatda 1080 r.o'lchamda videotasvirni suratga oladi. Shu menyuning o'zida video o'lchamini UHD (aniq o'lcham '4K video) darajasigacha kattalashtirish mumkin.

6. Qanday qilib videoni barqarorlashtirish mumkin.

Sizning videotasviringizni mukammal qilishning ikki xil varianti bor, hattoki uni tasvirga olayotganda sakrab turgan bo'lsangiz ham (chegaralar doirasida, albatta, faqat shishirilgan pufakning ustida sakramagan bo'lsangiz).
Bu optsiya belgisi kamera sozlamasi menyusining pastki qismida joylashgan, unga tishli xalqa belgisiga bosib kirishingiz mumkin. Shuningdek SteadyShot suratni barqarorlashtirish va OIS tasvirning optik barqarorlashtiruviga avtomatik rejimdagi kameraning standart ob'ektividan foydalanib o'tish mumkin.
Videoni barqarorlashtirish kamera chayqalganda tasvirni «tekislash» imkonini beradi, masalan yurayotgan mashina yoki velosipedda ketayotib tasvirga tushirilsa. Maxsus kuchaytiruvchidan foydalanganda Siz standart tasvirga nisbatan ko'proq kattalashtirilgan o'lchamga ega bo'lasiz.

7. Oddiy rejim: oddiy suratlar uchun mukammal.
Agar Siz LG G5se’ni sozlamalaridan xavotir olmay, suratga olish uchun bolaga bersangiz yoki shunchaki kameradan foydalanmoqchi bo'lsangiz, “oddiy rejim”ni qo'llang. Uni kamera ilovasining yuqori chap tomonidagi uchta nuqta ko'rinishidagi belgiga bosib topish mumkin.

Oddiy rejim boshqa rejimda mavjud barcha foydalaniluvchi funktsiyalarni istisno qiladi. Qilinishi kerak bo'lgan narsa – ekrandagi diqqatni qaratmoqchi bo'lgan ob'ektga tegsangiz kifoya, shunda LG G5se kamerasining ilovasi bir zumda diqqatni jamlab, tasvirni tayyor qiladi.

Shuningdek Siz bir necha asosiy optsiyalardan foydalanishingiz mumkin. Barmoqlarni ekran bo'ylab harakatlantirish o'lchamni kattalashtirish va kichraytirish imkonini beradi, ekranning yuqori qismidagi tugmalar esa standart va keng burchakli tasvirga o'tishga yordam beradi.

Kamera burchaklari: noodatiy yo'llar bilan taassurot qo'shishning 5 usuli.

8. Bir lahzalik tasvir uchun QuickShot funktsiyasidan foydalaning.

LG G5se kamerasining haqiqiy professionaldek suratga olishga yordam beruvchi 12 xususiyati

LG G5se hayotdagi qiziq lahzalarni bir zumda tasvirga tushirish uchun ishlab chiqilgan maxsus funktsiyaga ega, buning uchun bir soniyadan kam vaqt etarli. Telefon sozlamalaridagi bosh menyuda “Umumiy” qismiga o'ting, so'ngra “Tez kiriladigan klavish”ni tanlang. Bu erdan QuickShot funktsiyasiga o'tish mumkin. Uning yoqiq ekanligiga ishonch hosil qiling. Bu ovozni pasaytiradigan tugmani ikki marta bosib, hattoki telefon ekrani o'chiq paytida ham tez suratga olish imkonini beradi.

9. Sekinlashtirilgan videotasvir + keng burchakli ob'ektiv = zamonaviy video

LG G5se kamerasining haqiqiy professionaldek suratga olishga yordam beruvchi 12 xususiyati

LG G5se kamera ilovasida bir necha ijodiy rejimga ega, sekinlashtirilgan TimeLapse videotasviri ularning orasidagi eng qiziqlaridan biridir. U videoni standart tezlikdan 1/15da tasvirga oladi. Bu video bir soniyada ikkita kamerani egallaydi demakdir, odatdagidek 30 emas. Uni keng burchakli kamera bilan qo'llang va tez harakatlanuvchi sport kadrlarini suratga olishda qo'llanadigan GoPro kamerasida olingandek videoga ega bo'lasiz, bu, albatta, agar Sizga tezlashtirilgan tasvir kerak bo'lmasa, uni ham ilova sozlamasidan topishingiz mumkin.

Agar Siz bunday video uchun kamerani uzoq qo'lda ushlab turishga tayyor bo'lmasangiz, smartfonni ta'minlashlash uchun shtativdan foydalaning. Shuningdek Siz sekinlashtirilgan tasvirda kadrlar tezligini standart tezlikdan 1/60gacha o'zgartirishingiz mumkin. Buni ekranning yuqori chap burchagida ochiladigan menyuda amalga oshirish mumkin.

10. Landshaft tasvir uchun ekran to'ridan foydalaning.

LG G5se kamerasining haqiqiy professionaldek suratga olishga yordam beruvchi 12 xususiyati

Kamera ilovasida to'rning aks etishi zamonaviy hisoblanmasa-da, LG G5se’da hanuz to'r optsiyasi mavjud. Sizning suratingiz chayqalishlar tufayli necha marta notekis chiqqan? To'r bunda boshlang'ich nuqtani ta'minlab, Sizga yordam berishi mumkin, uning yordamida ufqni sozlash va buni asosiy fonning markaziga joylashtirib, nimaga e'tibor qaratishni istashingizni aniqlash mumkin. “To'r” optsiyasi kamera ilovasi sozlama menyusining eng quyi qismida joylashgan.

11. Qandaydir noodatiy narsa qilmoqchi bo'lsangiz, 30 soniyali ta'sirni qo'llang.

Qo'l rejimining eng yaxshi tomoni avtomatik rejim amalga oshira olmaydigan sozlamani qo'llash imkoni hisoblanadi. Masalan, LG G5se 30 soniyagacha tortishishni ochiq ushlab turishi mumkin. Bu degani u yarim daqiqalik tasvirda barcha yorug'lik axborotini yagona suratda birlashtiradi.

Taassurot qoldiruvchi ijodiy suratlar olish uchun ta'sirni sozlang. Xira rasmni shtativ yoki Blu-Tac bo'lagidek biror narsa yordamida bartaraf etish mumkin.

12. CamPlus modulini unutmang.

LG G5se kamerasining haqiqiy professionaldek suratga olishga yordam beruvchi 12 xususiyati

LG G5se unga biriktirish mumkin bo'lgan bir qator modul aksessuarli smartfondir. Ulardan biri – CamPlus deb nomlangan kamera moduli.

Modulning maqsadi Sizni haqiqiy fotokamerani ushlab turgandek hissiyot bilan ta'minlashdan iborat. Unda ikki bosqichli tortishish tugmasi, zumlash g'ildiragi va kamera ilovasini ishga tushiradigan kichik yoqish tugmasi bor – bularning barchasi foydalanuvchining kamera bilan ishlash tajribasini yanada professional darajaga ko'taradi. U suratlarni keskin yaxshiroq qilmaydi, lekin tasvirga olish hissiyoti umuman boshqacha bo'ladi. Modul batareya zaryadidan xavotir olmasdan kameradan uzoq vaqt foydalana olishingiz uchun qo'shimcha quvvatli batareyaga ega.

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн