Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yoqilg'i mojarosi Mitsubishi'ni 1,4 milliard dollardan mahrum qiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 148           Дата: 24-06-2016, 18:07          
Yoqilg'i mojarosi Mitsubishi'ni 1,4 milliard dollardan mahrum qiladi

2016 yilning aprelidan 2017 yilning martiga qadar Mitsubishi Motors kompaniyasining yoqilg'i mojarosi bilan bog'liq moliyaviy yo'qotishlari 145 milliard ienni (1,4 milliard dollar) tashkil qiladi. Bu haqida yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisining iqtisodiy prognozida ma'lum qilingan.

Bu davrda kompaniyaning global sotuvlari sakkiz foizga - 962 ming mashinagacha pasayadi. Eng sezilarli pasayish ko'rsatkichlari yapon bozorida bo'lishi kutilmoqda, bu erda 60 ming avtomobil sotiladi - bir yil avvalgiga qaraganda 41 foizga kam...

Bundan avval Mitsubishi kompaniyasi yoqilg'i mojarosidan jabr ko'rgan har bir mashina egasiga 100 ming iendan (959 dollar) to'lashni rejalashtirgani haqida xabar qilingandi. Yapon bozorida hujjatlarda yoqilg'i xarajatlariga doir noto'g'ri ma'lumot bergan 625 ming mashina qayd etilganidan kelib chiqadigan bo'lsak, to'lovning umumiy hajmi 50 milliard ienni (500 million dollar) tashkil qiladi.

Aprel oyining oxirida Mitsubishi bir qator modellardagi yoqilg'i xarajatlari haqida soxta ma'lumot berganini tasdiqlagan. Yapon hukumatiga 25 yil davomida - 1991 yildan boshlab yoqilg'i iste'moli darajasi to'g'risidagi noto'g'ri ma'lumot taqdim etib kelingan.

May oyining o'rtasida Mitsubishi Motors kompaniyasining 34 foizli aktsiyalar paketini Nissan kompaniyasi xarid qilishi ma'lum bo'ldi. Bundan bir necha kun o'tib, Mitsubishi prezidenti Tetsuro Aikava va vitse-prezident Ryugo Nakao iste'foga chiqishi haqida e'lon qilishdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн