Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi avtobuslar harakatini mobil dastur vositasida kuzatish mumkin bo‘ldi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 038           Дата: 29-11-2015, 23:20          

Toshkent shahar jamoat transporti yo‘lovchilarida shahar avtobuslari harakatini smartfonlar vositasida kuzatish imkoni paydo bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Skrinshot: “Gazeta.uz”

VIA-TASHKENT kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan VIA.UZ mobil dasturi (iOS uchun, Android uchun) yordamida kerakli avtobusning tegishli bekatga kelish vaqtini bilish, avtobuslar harakati jadvali bilan tanishish va hatto transport vositasining xaritadagi harakatini kuzatish mumkin.

Dastur kerakli avtobusni yo‘nalish raqami, bekat yoki foydalanuvchi turgan joy bo‘yicha aniqlash imkonini beradi. Qulaylik maqsadida aniq bir bekatlarni ko‘rsatgan holda shaxsiy yo‘nalishlar ro‘yxatini tuzish mumkin.

“Loyihamiz yo‘lovchilarning vaqtini tejashga yordam beradi, chunki endi ularda safarlarni rejalashtirish imkoni bor”, — dedi VIA-TASHKENT direktori Murod Obidov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida.

Hozirgi vaqtda mobil dasturda 20 ga yaqin avtobus yo‘nalishlari (№№ 1, 11, 13, 14, 16, 29, 31, 33, 60, 67, 87, 88, 95, 98, 121, 122, 141, 144 va 147) bo‘yicha axborot mavjud emas.

“Mazkur yo‘nalishlarning harakat chizig‘i o‘zgargan, ularning ma’lumotlari hozirgi vaqtda aniqlashtirilmoqda. Foydalanuvchilarni chalg‘itmaslik maqsadida, mazkur yo‘nalishlarni vaqtincha o‘chirib qo‘ydik”, — dedi Murod Obidov.

Ishlanma mualliflari ham mobil dastur bo‘yicha, ham shahar jamoat transporti faoliyati bo‘yicha taklif va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi (murojaatlarni mobil dastur vositasida yuborish mumkin).

Tez orada VIA.UZ sayti ishga tushadi, unda ham shahar jamoat transporti harakatini kuzatish mumkin bo‘ladi.

Loyiha “Toshtransdispetcherxizmat” korxonasi va Toshkent shahar hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti ishtirokida ishlab chiqildi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн