Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Amerika kompaniyasi eng sifatli avtomobillar ro'yxatini e'lon qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 563           Дата: 23-06-2016, 18:09          
Amerika kompaniyasi eng sifatli avtomobillar ro'yxatini e'lon qildi

Amerikaning J.D. Power and Associates kompaniyasi, eng sifatli avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning yillik reytingini e'lon qildi.

Qanchalik hayratlanarli bo'lmasin, ro'yxatni Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi boshqarmoqda. U, o'tgan 3 yil mobaynida etakchilik qilgan Porscheni ortda qoldirishning uddasidan chiqa olgan.

Tadqiqot natijalari, 80 mingdan ortiq amerikalik yangi mashinalari egalari orasida o'tkazilgan ijtimoiy so'rov natijalariga asoslangan. Ular, 8 turkumga bo'lingan, avtomobil xarid qilingandan so'ng, 90 kun mobaynida qayd etilgan nosozliklarga oid 233 ta savolga javob berishgan.

Shundan so'ng, so'rov natijalariga ko'ra, u yoki bu modelning har bir sotilgan 100 dona mashinasiga to'g'ri keladigan o'rtacha nosozliklar soni aniqlangan.

Kianing har bir 100ta sotilgan mashinasiga o'rtacha 83 kamchilik to'g'ri kelsa, Porsche kompaniyasi mahsulotida bu raqam 84 taga teng.

Mutaxassilarning qayd etishlaricha, ommaviy brend 27 yil ichida birinchi marta ro'yxating birinchi o'rniga chiqa olgan. Bundan avval, faqat qimmat va yuqori tasnifdagi avtomobillar eng sifatli hisoblanib kelinardi.

Reytingning uchinchi o'rnini Janubiy Koreyaning yana bir kompaniyasi — Hyundai — 92 ta nosozlik bilan egallagan. Yaponiyaning Toyotasi (93ta nosozlik) to'rtinchi, Germaniyaning BMW kompaniyasi (94 ta nuqson) beshinchi o'rinni egallagan.

Ro'yxatning quyi qismida esa Volvo, Fiat va Smart mashinalari joylashdi. Ularda kuzatilgan nosozlik va nuqsonlar soni tegishli ravishda 152, 174 va 216tani tashkil etgan.

J.D. Power and Associates bo'yicha eng sifatli avtomobillar reytingi

Markasi Har 100ta mashinaga to'g'ri kelgan nuqson soni Markasi Har 100ta mashinaga to'g'ri kelgan nuqson soni

Kia 83 Jeep 113

Porsche 84 Ram 114

Hyundai 92 Chrysler 115

Toyota 93 Mitsubishi 116

BMW 94 Dodge 117

Chevrolet 95 Subaru 118

Buick 96 Honda 119

Lexus 96 Acura 122

Nissan 101 Scion 123

Ford 102 Jaguar 127

GMC 103 Mazda 127

Infiniti 103 MINI 127

Volkswagen 104 Land Rover 132

Audi 110 Volvo 152

Mercedes-Benz 111 Fiat 174

Cadillac 112 Smart 216

J.D. Power and Associates shuningdek, har bir toifadagi eng sifatli mashinalar ro'yxatini ham tuzib chiqqan. Bu borada, General Motors va Toyota kompaniyalari mahsulotlari etakchilik qildi. Ushbu ishlab chiqaruvchilarning 7tadan modeli reytingdan joy egallashga muvaffaq bo'lgan.

J.D. Power and Associates tasnifi bo'yicha eng sifatli modellar ro'yxati

Toifasi Modeli Toifasi Modeli

Shahar avtomobili Chevrolet Spark Kichik yo'ltanlamas Kia Sportage

Kichik avtomobil Hyundai Accent Kichik yuqori toifali yo'ltanlamas Audi Q3

Kichik qimmat avtomobil Lexus CT Ixcham yo'ltanlamas Chevrolet Equinox/GMC Terrain

Ixcham-avtomobil Toyota Corolla Ixcham qimmat yo'ltanlamas Porsche Macan

Ixcham sportkar Buick Cascada/Scion tC Ixcham ven Kia Soul

Qimmat ixcham avtomobil Lincoln MKZ O'rta o'lchamli yo'ltanlamas Toyota Highlander

Qimmat ixcham sportkar Audi TT Qimmat yo'ltanlamas BMW X5

O'rta o'lchamli avtomobil Toyota Camry O'rta o'lchamli ppikap Nissan Frontier

O'rta o'lchamli sportkar Dodge Challenger Miniven Chrysler Town & Country

O'rta o'lchamli qimmat avtomobil Lexus GS Yirik yo'ltanlamas Chevrolet Tahoe

O'rta o'lchamli qimmat sportkar Porsche 911 Yirik qimmat yo'ltanlamas Lincoln Navigator

Yirik o'lchamli avtomobil Hyundai Azera Yirik pikap Chevrolet Silverado LD

— — Yirik og'ir pikap Chevrolet Silverado HD

Tadqiqot Amerika brendlaridan foydalanish o'sganini ko'rsatgan. Reytingning 30 yillik tarixi davomida, Ford, GM va Chrysler avtomobillarining har 100tasiga to'g'ri kelgan o'rtacha nosozliklar boshqa kompaniyalarning bu boradagi ko'rsatkichidan past bo'lgan. So'nggi bir yilda Amerika mashinalari sifati 10 foizga yaxshi tomonga o'zgargan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн