Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

WSJ: Yangi iPhone dizayni avvalgisidan tubdan farq qilmaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 123           Дата: 22-06-2016, 12:17          
WSJ: Yangi iPhone dizayni avvalgisidan tubdan farq qilmaydi

Amerikaning Apple kompaniyasi ishlab chiqargan yangi smartfon dizayni avvalgi iPhone 6 dizaynidan tubdan farq qilmaydi. Bu haqida WSJ xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Apple o'zining asosiy iPhone'i dizaynini har ikki yilda qayta ishlab chiqish printsipidan voz kechishni rejalashtirmoqda. U shu yilning kuzida chiqadigan modelga biroz o'zgartirish kiritadi, xolos".

Nashrning ma'lum qilishicha, yangi qurilma ikki xil variantda taqdim etiladi: displey diagonali 4,7 dyuym va 5,5 dyuym bo'lgan smartfonlar.

Bu yilgi yangi qurilmada eng sezilarli o'zgarish quloqchinlar uchun ulagichlardan voz kechish bo'lishi kutilmoqda, bu telefonni yanada ingichka qilishga va suvga bardoshlilikni yaxshilashga imkon beradi. Quloqchinlar qurilmani zaryadlash uchun ajratilgan manbaga ulanadi.

"Apple 2017 yilga borib o'z dizaynida jiddiy o'zgarish qilishni rejalashtirmoqda", - deyiladi maqolada.

Jumladan, yangi qurilmalarni organik svetodiodli (OLED) displey bilan ta'minlash va asosiy menyuga qaytaradigan tugmadan voz kechish. Uning o'rniga ekranga o'rnatilgan barmoq izlarini taniy oluvchi datchikdan foydalanish mumkin bo'ladi.

Kompaniyaning rasmiy vakillari WSJ maqolasiga izoh berishdan bosh tortishdi.

Joriy yilning aprel oyida Apple kompaniya ilk marotaba iPhone sotuvi ko'rsatkichining pasayganini qayd etganligidan dalolat beruvchi bayonotlarni taqdim etdi. Mazkur ko'rsatkich taxminan sakkiz yil davomida - bu qurilmalarning bozorda paydo bo'lgan paytidan boshlab to'xtovsiz o'sib kelgan. Korporatsiya vakillari bu yil sotuv ko'rsatkichi pasayishini tan olishgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн