Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

UMS Toshkentda 4G LTEni tijoriy foydalanishga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 573           Дата: 20-06-2016, 13:00          
UMS Toshkentda 4G LTEni tijoriy foydalanishga kiritdi

UMSning 4G LTE tarmog'i butun poytaxtni qamrab oldi, texnologiya binolar ichiga eng yaxshi kirib borish qobiliyatiga ega 800 MGts (Band 20) chastotasida ishlamoqda, tarmoqdan foydalanish uchun esa abonentlar qo'shimcha shart va to'lovlarga duch kelmaydi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan hamda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Sammiti oldidan UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori 2016 yil 20 iyun kuni 4G LTE – “to'rtinchi avlod” mobil internetini Toshkent shahrida ishga tushirdi.

Tarmoq LTE 2500-2700 tarmoqlaridan ko'ra to'rt baravar kengroq qamrovga va binolarning ichiga eng yaxshi kirib borish husussiyatiga ega, O'zbekiston uchun noyob bo'lgan 800 MGts (Band 20) chastotada faoliyat yuritadi. Bunday husussiyat evaziga UMS 4G LTE butun Toshkent shahrini qamrab olgan xolda ishlaydi.

4G LTE tarmog'ida abonentlar mobil qurilmalaridan HD-videolarni ko'rishlari, katta hajmdagi ma'lumotlarni ko'chirib olishlari va yuklashlari, internetdagi “og'ir” fayllar bilan ishlashlari, vebinar va videokonferentsiyalarda ishtirok etishlari, e'ni yuqori tezlikni hamda aloqaning a'lo sifatini talab etuvchi harakatlarni bajarishlari mumkin. Ma'lumot almashinuvining eng yuqori tezligi 70 Mbit/cgacha etishi mumkin.

4G LTEdan foydalanish uchun abonentlarning mobil qurilmalari va 4G USB-modemlari LTE 800 standartida ishlashi shart. Amaldagi CS Fallback (CSFB) texnologiyasi yordamida ma'lumotlar almashinuvi 4G LTE kanali orqali, kiruvchi/chiquvchi qo'ng'iroqlar va xabarlar esa 3G yoki 2G tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Bu abonentga doimo aloqada qolishga yordam beradi.
Talablarga mos aloqa operatori maqomini tanlagan xolda UMS 4G LTE mobil internetidan foydalanishning eng qulay va oson yo'lini taqdim etmoqda. Abonentlar *222# USSD-buyrug'i yordamida “4G LTE tarmog'iga kirish” bepul xizmatini yoqish orqali tarmoqqa kirishlari mumkin. Narxlash shartlari 3G tarmog'i bilan bir xil bo'ladi.

— Yuqori tezlikdagi internetni respublikaning yirik shaharlari va aholi punktlariga kirib borishini rivojlantirish – UMS mobil operatorining ustuvor vazifalaridan biridir. Kompaniya tomonidan “to'rtinchi avlod” tarmog'ini Toshkent shahrida ishga tushirilishi internetga yuqori tezlikda va mustahkam tarzda kirishni ta'minlaydi hamda aholini zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi uchun keng yo'l ochib beradi. Keyinchalik UMS LTE tarmog'i O'zbekistonning boshqa hududlarida ham ishga tushiriladi, — deya ta'kidladi «UMS» MChJ Bosh direktori Dmitriy Nagorniy.

Ma'lumot o'rnida: LTE (Long Term Evolution — «uzoq muddatli rivojlanish») texnologiyasi 3rd Generation Partnership Project (3GPP) konsortsiumi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ma'lumotlar almashinuvi xizmatidan yanada yuqori tezlikda va katta qulaylikda foydalanish imkoniyatini beradi.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн