Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

UMS “Millionlar yaqin!” aksiyasi g‘oliblarini taqdirladi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 459           Дата: 28-11-2015, 10:49          

UMS (Universal Mobile Systems) aloqa operatorining “Millionlar yaqin!” aksiyasi pul sovrinlari sohiblari umumiy qiymati 125 million so‘mlik sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Foto: UMS

Aksiya g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim 27-noyabr kuni UMS Markaziy ofisida bo‘lib o‘tdi. Unda 14 sovrindor, ularning yaqinlari va do‘stlari, ommaviy axborot vositalari va UMS kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda UMS MChJ Marketing va operator biznesini rivojlantirish departamenti direktori Andrey Mamayev so‘zga chiqdi: “UMS operatori O‘zbekiston uyali aloqa bozorida faoliyat olib borayotganiga bir necha kundan so‘ng bir yil to‘ladi. Lekin bu muhim voqeadan oldin biz salmoqli natijaga — respublika bo‘yicha abonentlarimiz soni bir millionga yetdi. Bu aholining ishonch ko‘rsatkichi demakdir. Kompaniya mijozlariga nafaqat sifatli ovozli aloqa, yuqori tezlikdagi Internet va ko‘plab mobil xizmatlarni ko‘rsatishga intiladi. Operator uchun abonentlarni doimiy tarzda qo‘llab-quvvatlash, yangi takliflar, aksiyalar, syurprizlar orqali ularning kutayotganlariga javob berish ham muhimdir. “Millionlar yaqin!” aksiyasi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Uni o‘tkazishdan asosiy maqsad – kompaniya xizmatlaridan faol foydalanayotgan abonentlarni qo‘llab-quvvatlash edi”.

Foto: UMS

Aksiya bir yarim oy mobaynida — joriy yilning 10-sentabridan 31-oktabrigacha bo‘lib o‘tdi. Bir necha yuz ming kishi uning ishtirokchisiga aylandi. Umumiy qiymati 125 million so‘mlik sovrinlar 18-noyabr kuni “Yoshlar” telekanalining jonli efirida o‘z sohiblarini topdi.

Taqdirlash marosimida UMS’ning Marketing departamenti rahbari Andrey Mamayev g‘oliblarga sovrin sertifikatlarini topshirdi. Gulduros qarsaklar, abonentlar va ularning yaqinlarini quvonchli tabassumlari, ular tomon qaratilgan kameralar obyektivlari tantananing ajralmas qismiga aylandi.

Foto: UMS

“Qalbimda omadga ishongandim, lekin ko‘p minglab ishtirokchilar ichida g‘oliblardan biriga aylanishimni tasavvur ham qilmagandim, — deydi Xorazm viloyatidan Nodirbek Masharipov. — 5 million so‘mni yutib olganim haqidagi xabar uyda, yaqinlarim davrasida o‘tirgan vaqtimda yetib keldi. Barchamizning quvonchimiz cheksiz edi! Yaqinda farzandlik bo‘laman, shuning uchun yutib olgan summaning bir qismini oilamizning yangi a’zosiga bag‘ishlayman. Bunday imkoniyatni taqdim etgani uchun UMS kompaniyasiga tashakkur bildiraman!”.

“100 millionni yutib olganingni his qilish — ta’riflab bo‘lmaydigan hissiyot, — deb, o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi Toshkent shahridan Asqar Nuritdinov. — Teleo‘yin bo‘layotgan paytda ishda, qandolatchilik sexida edim, shuning uchun ham jonli efir paytida men bilan qo‘ng‘iroq qilib bog‘lana olishmadi. Keyingi kunlarda UMS vakillari qo‘ng‘iroq qilganida umuman ishonmadim. Oxir-oqibat, kompaniyaga o‘zim qo‘ng‘iroq qilib, raqamim menga omad keltirganiga amin bo‘ldim. Taqdirlash marosimiga ota-onam bilan keldim. Yutuq evaziga ularga yangi avtomashina sovg‘a qilishim mumkin. Orzuimni ro‘yobga chiqargani uchun UMSga rahmat aytaman!”.

Foto: UMS

UMS kompaniyasi bu kabi tanlov va aksiyalarni kelajakda ko‘p o‘tkazadi va har bir abonent ularda ishtirok etib, g‘olib bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. UMS kompaniyasi tanlangan yo‘l — talablarga mos aloqa operatori bo‘lishni davom ettiradi.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн