Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

LG etti santimetrgacha simsiz quvvatlana oladigan smartfon ishlab chiqaradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 147           Дата: 17-06-2016, 02:05          
LG etti santimetrgacha simsiz quvvatlana oladigan smartfon ishlab chiqaradi

Tarmoqda tarqalgan xabarlarga ko'ra, LG kompaniyasi akkumulyatorni simsiz quvvatlantira olishning ilg'or texnologiyasiga ega bo'lgan yangi smartfonni ishlab chiqarmoqda.

Aytilishicha qurilma magnit rezonans printsipi bo'yicha ishlaydi. Gadjetni modul bazasidan 7 santimetrgacha uzoqlikda quvvatlantirish imkoniyati mavjud bo'ladi.
LG aynan qanday texnologiyadan foydalanishi haqida ma'lumot mavjud emas. Ammo shuni ta'kidlash lozimki, simsiz quvvat olish uchun magnit rezonans printsipidan Rezence kompaniyasi foydalanadi. Rezence kompaniyasi texnologiyasining xususiyatlariga ko'ra, bir dona quvvat berish yuzasidan har xil turdagi qurilmalar quvvat olishi mumkin. Uning standarti 1 dan 50 Vattgacha bo'lgan simsiz quvvat uzatish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, ikki oy avval LG kompaniyasi simsiz quvvat olishning yangi usulini yaratgani haqida xabar bergan edi. Ta'kidlanishicha, qurilma bozorda mavjud bo'lgan qurilmalardan ko'proq samaradorlikni ta'minlaydi.

Platforma 15 Vattgacha bo'lgan energiyani uzatish imkonini beradi. Bu esa 5 Vatt standartiga ega bo'lgan uzatgichlardan uch barobar katta degani. LG kompaniyasining ta'kidlashicha, qurilma akkumulyatorininig 50 foizgacha quvvatlanishi uchun atigi 30 daqiqa kerak bo'lar ekan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн