Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

MINI suriluvchi rulli xetchbek taqdim etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 187           Дата: 16-06-2016, 22:20          
MINI suriluvchi rulli xetchbek taqdim etdi

MINI avtomobil markasi unga egalik qiluvchi BMW kompaniyasining 100 yilligi sharafiga Vision Next 100 deb nomlangan kontsept-kar yaratdi. Futuristik xetchbek avtonom boshqaruvga tizimi, elektr dvigatel va suriluvchi rul bilan jihozlandi.

Model o'z o'lchamlariga ko'ra 1959 yilda ishlab chiqarilgan ilk MINI xetchbegiga maksimal darajada yaqinlashtirildi va marka dizayni keyingi 100 yil ichida qanday rivojlanishini ko'rsatishga chorlangan. Vision Next 100’ning o'ziga xos jihatlari to'ldirilgan reallik tizimi va sun'iy ongga ega interer bo'ldi, u haydovchining didiga mos holda sozlanishi mumkin.

MINI suriluvchi rulli xetchbek taqdim etdi

Ruldan chap tomonda Inspire Me ("Meni ilhomlantir") degan yozuvi bo'lgan tugmacha bo'lib, unga bosish bilan kontseptning sun'iy ongi yoqiladi.

Agar Vision Next 100 to'g'ri yo'lni ko'rsa va haydovchi tezlashishga tayyorligini "his qilsa", unda u haydovchiga John Cooper Works deb nomlangan "sport" rejimiga o'tishni taklif qiladi. Haydovchiga mashinani boshqarish joniga tegsa, u avtopilotni yoqishi, rul chambaragini old panel markaziga surib, o'rindiqni orqaga tushirib, oyog'ini uzatib olishi mumkin. Avtopilot yoqiq bo'lganda pedal uzeli ham o'zining joylashishini o'zgartiradi.

MINI Vision Next 100’ning uzunligi 3620 mm ni tashkil qiladi, bu eng birinchi MINI’dan 560 mm ga uzun va hozirgi avloddagi MINI’dan 270 mm ga qisqaroqdir.

MINI suriluvchi rulli xetchbek taqdim etdi

Kontseptning yana bir o'ziga xos jihati intereri bo'lib, uni bezashda qayta ishlangan plastik va alyuminiy, jez, bazalt va tsellyuloza o'llangan. Kelajakda Vision Next 100’ga o'xshash MINI mashinalari mijozlarga salonni o'ziga moslash bo'yicha keng imkoniyatlar taklif qiladi.

MINI prototipi BMW kontserni o'zining 100 yilligiga tayyorlagan uchinchi kontsept bo'ldi. MINI bilan bir vaqtda Rolls-Royce kontsept-kari paydo bo'ldi, 2016 yil martida esa nemis markasi BMW Vision Next 100 prototipini namoyish qilgandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн