Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 217           Дата: 15-06-2016, 20:05          
Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Molodoy amerikanskiy rejissyor Zak Bot (Zach Both) Imgur ijtimoiy tarmog'ida eski yuk furgonini qanday qilib, qulay ko'chma uyga aylantirganini hikoya qildi. U, o'zining g'ildirakli uylarda istiqomat qilish istagini kasbi bilan izohlagan. Uning aytishicha, kinematograf hikoyalarni filmga aylantirishi uchun turli hududlarda kezib yurishi kerak.

Bot Craigslist saytidan 2000-yillar boshida ishlab chiqilgan furgonni xarid qilgan. U, mashinaga o'zgartirishlar kiritishdan avval, fotoshopda uning yakuniy suratini chizib olgan.

Zanglarni ketkazish hamda vakuumli tozalashdan ishni boshlagan Zak mashinani qaytadan bo'yoqlab, ichki tomonini issiqlik saqlovchi materiallar bilan o'ragan.

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Isitish imkoni bo'lmagan barcha yoriqlarga montaj ko'pigi surilgan. Zakning otasi esa, furgon tomida havo aylantirish teshigini ochishda o'g'liga yordamlashgan.

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Klivlend cherkovi tomonidan bepul berilgan taxtalar, ichki bezash ishlarida asqatgan. Furgonning vinil poli faner ustidan joylangan.

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Furgonni ichki qismini hududlarga bo'lish uchun fanerdan detallar yasab olingan. Matrasni esa, mashina eniga mos kelishi uchun qisqartirishga to'g'ri kelgan.

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Mashinaning tomiga 2ta quyosh batareyasi ham o'rnatilgan bo'lib, u kichikkina muzlatgich va boshqa elektr ehtiyojlarini ta'minlaydi.

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Orqa oynalarning pardalari, Zakning so'zlariga ko'ra, oson ochilib-yopilishi uchun magnitlar bilan mahkamlanadi.

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Umuman, furgondagi ko'pgina buyumlar bir necha vazifani bajaradi. Misol uchun, kursi bir vaqtning o'zida chiqindi idishi ham hisoblanadi.

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Oq parda esa proektor uchun ekran vazifasini bajaradi. Stolni haydovchi o'rindig'iga bog'lab qo'yish yoki u bilan furgonning ichki hududini ajratish ham mumkin.

Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko'chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Bundan tashqari, Zak Bot o'z tajribasidan kelib chiqib, bepul onlayn maslahat tashkil etgan va uni internetga joylashtirgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн