Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mercedes-Benz GLC vodorodda yuradigan bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 213           Дата: 15-06-2016, 00:20          
Mercedes-Benz GLC vodorodda yuradigan bo'ldi

Mercedes-Benz kompaniyasi GLC krossoverining vodorodli yoqilg'i yacheykalarida ishlaydigan motorli namunasini oshkor qildi. Kontsept kar GLC F-Cell deb nomlandi.

Nemis avtomobilsozlarining bayonotiga binoan, vodorod va kislorodning kimyoviy reaktsiyasidan quvvat oluvchi elektrli dvigatel shunchalik ixcham bo'lganki, u GLC kapoti ostiga bemalol o'rnashgan. Vodorod uchun karbondan yasalgan ikkita bak krossover poli tagiga joylashtirilgan.

Mercedes-Benz GLC vodorodda yuradigan bo'ldi

Baklarning hajmi 4 kilogrammdan. Ularni vodorod quyish stantsiyalarida 3 daqiqa ichida qayta to'ldirsa bo'ladi.

Bundan tashqari, avtomobil kuzovining orqa qismiga o'rnatilgan 9 kilovatt-soatlik litiy-ionli batareyalarga ham ega. Mercedes-Benz GLC F-Cell ayni shu akkumulyator yordamida vodoroddan foydalanmagan holda 50 kilometrlar yura oladi. Batareyalarni xo'jalik elektr tarmog'idan qayta quvvatlantirsa bo'ladi.

Umuman, tormoz vaqtida hosil bo'lgan kinetik energiyani rekuperlash tizimiga ham ega krossover jami 500 kmlar masofani ortda qoldira oladi.

Mercedes-Benz GLC vodorodda yuradigan bo'ldi

Mercedes-Benz GLC F-Cell ko'plab qismlari kompaniyaning o'zida ishlab chiqariladi. Xususan, gap vodorodni saqlash baklari haqida bormoqda. Yangi namunadagi mashinaning batareyalarini Daimler AGning shaxobchasi Accumotive ishlab chiqqan.

Mercedes-Benz kompaniyasida qayd etishlaricha, ular vodorodli GLCning ommaviy modeli ustida ish olib borishmoqda. Ammo uning qachon paydo bo'lishiga oydinlik kiritilmagan.

Mercedes-Benz GLC vodorodda yuradigan bo'ldi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Zor yangilik


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн