Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

iOS 10 e’lon qilindi: Unda Apple dasturlarini o‘chirish ham mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 236           Дата: 14-06-2016, 00:19          
iOS 10 e’lon qilindi: Unda Apple dasturlarini o‘chirish ham mumkin

Xalqaro dasturchilar konferentsiyasi (WWDC 2016)da Apple kompaniyasi iOS operatsion tizimining yangi versiyasini namoyish qildi.

Undagi asosiy o‘zgarishlarni bildirishnomalar va ekranni bloklash tizimida uchratish mumkin. iOS 10 operatsion tizimida iPhone foydalanuvchilari smartfon displeyini qulfdan chiqarmay turib, bildirishnomalarni o‘qiy olishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ekran blokirovkasi va bildirishnomalar markazida 3D Touch funktsiyasidan foydalanib, kontekst menyusini ochish mumkin.

Yana bir o‘zgarish esa Siri — ovozli yordamchisi bilan bog‘liq. Bundan buyon Siri'ni rivojlantirish ishlarida Apple xodimi bo‘lmagan dasturchilar ham qatnashishi mumkin.

iOS 10 e’lon qilindi: Unda Apple dasturlarini o‘chirish ham mumkin

iPhone'dan Apple dasturlarini o‘chirish imkoniyati ham iOS 10'dan boshlab foydalanishga topshiriladi. Apple dasturlarining barchasi AppStore'ga chiqarilgan va zarur bo‘lsa, ularni yana smartfonga o‘rnatib olish mumkin.

Bu qiziq va zarur imkoniyatlardan biri deyish mumkin. Chunki yangi iPhone harid qilinganda, unda bir nechta Apple dasturlari avvaldan o‘rnatilgan bo‘ladi va ularni iOS 10'gacha smartfon xotirasidan o‘chirish imkoniyati mavjud emasdi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Android foydalanuvchilari uchun bu imkoniyat hali ham taqdim etilmagan.

iOS 10 e’lon qilindi: Unda Apple dasturlarini o‘chirish ham mumkin

«Foto» dasturida esa aqlli algoritm paydo bo‘lgan. U bir nechta suratlarni bitta papkaga jamlay oladi.

Dasturchilarga nafaqat Siri, shuningdek, «Xaritalar» dasturi bilan ishlash imkoniyati taqdim etildi. Bundan tashqari «Musiqalar» dasturi bilan birgalikda iTunes to‘liq yangi dizaynda paydo bo‘ladi.

iOS 10'ning dasturchilar uchun mo‘ljallangan versiyasi bugunoq topshiriladi. Beta sinovdan o‘tkazish esa iyulda boshlanadi. To‘liq iOS 10 operatsion tizimi esa 2016 yilning kuzida barcha uchun foydalanishga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Apple shu konferentsiyada Mac kompyuterlari uchun operatsion tizim nomini macOS'ga o‘zgartirdi va uning yangi versiyasi — Sierra'ni namoyish qildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031