Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yaponiyada 30 yil ichida birinchi marta to‘fonlarni kuzatish uchun samolyot qo‘llanadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 114           Дата: 12-06-2016, 15:24          
Yaponiyada 30 yil ichida birinchi marta to‘fonlarni kuzatish uchun samolyot qo‘llanadi

Yaponiyalik meteorologlar 30 yil ichida birinchi marta samolyotdan to‘fonlarni kuzatishni boshlashadi, buesa ularga kuchli tsiklonlarning traektoriyasini aniq aniqlashga imkon beradi.

NHK telekanali ma’lum qilishicha, ayni vaqtda to‘fonlar sun’iy yo‘ldosh yordamida kuzatilmoqda. Ular yordamida mutaxassislar to‘fon ichidagi shamol tezligi va atmosfera bosimini aniqlashlari hamda tsiklon kuchining surilishi traektoriyasini oldindaneta olishlari mumkin. Biroq, zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishiga qaramasdan, kuchli to‘fonlar uchun prognoz tuzish hanuzgacha murakkablik tug‘diradi.

Bu vazifani bajarish uchun Nagoya universiteti, Ryukyu orollari universiteti va Meteorologik tadqiqot instituti olimlari guruhi 2017 yildan maxsus samolyot bortidan tsiklonlarni monitoring qilishni boshlaydi. Oxirgi bunday tajriba Yaponiyada 1987 yilda AQSh ko‘magida o‘tkazilgandi.

Faraz qilinishicha, to‘fonlarni kuzatish vaqtida mutaxassislar bo‘lgan samolyot tsiklonga maksimal darajada yaqinlashadi. Bundan keyin to‘fon hududiga maxsus radiozond tashlanadi, u olimlarga shamol tezligi va yo‘nalishi, turli balandliklardagi harorat va namlik haqidagi ko‘rsatkichlarni uzatadi.

Kutilishicha, samolyotdan tsiklonlarni kuzatish bo‘yicha tajriba 2020 yilgacha davometadi.

Ma’lumot uchun, tropik bo‘ron uning harakatlanishiga hamrohlik qiluvchi shamol tezligi 62 km/soatdan oshsa nomlanadi. Tsiklonlardan ko‘riladigan zarar va ularning darajasi Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha 5 darajagaega. Shamol tezligi 119 km/soatdan ko‘proq bo‘lsa, 1-toifadagi to‘fon bo‘ladi. 5-toifadagi to‘fonning tezligi 250 km/soatni tashkil qiladi, bunday tsiklon odatda falokatli oqibatlarga olib keladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031