Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Armanilar ishlab chiqargan ilk smartfonlar 6 iyun kuni sotuvga chiqariladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 376           Дата: 5-06-2016, 20:21          
Armanilar ishlab chiqargan ilk smartfonlar 6 iyun kuni sotuvga chiqariladi

Armanistonda ilk planshetlar hamda smartfonlar ishlab chiqarish va tayyorlash bilan shug‘ullanayotgan Technology and Science Dynamics kompaniyasi o‘zining ilk mahsulotlari bo‘lmish ArmPhone smartfonlarini 6 iyundan sotuvga chiqarishi haqida e’lon qildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, xaridorlarga 5ta modeldagi mahsulotlar (ArmPhone 0502, ArmPhone 0505, ArmPhone 0508, ArmPhone 0509 va ArmPhone 0520 nomlaridagi beshta smartfon) taqdim etiladi.

"Armani mahsulotlari davri keldi" shiori ostida biz ilk armani telefonlarini taqdim etamiz. Ular o‘z dizayni va qulayliklari bilan eng talabchan xaridorning ham talablarini qondira oladi", deyilgan kompaniya xabarida.

TSD rahbariyati yosh arman mutaxassislari tomonidan yaratilgan qurilmalar dunyodagi yetakchi brendlarning mahsulotlaridan qolishmasligini ta’kidlagan.

"Bundan tashqari, ArmPhone smartfonlarida armanistonlik mashhur kompozitorlarning asarlari zamonaviy ringtonlar ko‘rinishida joylashtirilgan", deb qo‘shimcha qilinadi kompaniya xabarida.

Qurilmalar displeyining diagonali 4,5 dan 5,1 dyuym (1 920 x 1 080) orasida. Katta model 32 gigabayt ichki xotira, 3 gigabayt tezkor xotira, SD-kart uchun slot va 1,3 Gigagers chastotada ishlovchi sakkiz yadroli protsessorga, kichik model esa 8 gigabayt ichki xotira, SD-kart uchun slot va 1 gigabayt tezkor xotiraga ega.
Armanilar ishlab chiqargan ilk smartfonlar 6 iyun kuni sotuvga chiqariladi

Smartfonlarning katta modeli, shuningdek, barmoq izini aniqlovchi skaner hamda 13 megapiksel va 8 megapikselli ikki kameraga ega. Kichigida 5 va 2 megapikselli kameralar mavjud.
Armanilar ishlab chiqargan ilk smartfonlar 6 iyun kuni sotuvga chiqariladi

Smartfonlarning narxi ma’lum qilinmagan.

2013 yilning dekabrida armanilarning ilk smartfonlari 2014 yilda chiqarilishi haqida ma’lum qilingandi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн