Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

UMS internet-to‘plamlarga bonus berish aksiyasini yo‘lga qo‘ydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 284           Дата: 26-05-2016, 10:36          
UMS internet-to‘plamlarga bonus berish aksiyasini yo‘lga qo‘ydi

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori oylik internet-to‘plamlar hamda «OnNet» xizmati doirasida xarid qilingan internet-trafikka 20% bonus berilishi haqida e’lon qildi. Aksiya 2016 yil 1 avgustgacha barcha abonentlar uchun amal qiladi.

Oylik internet-to‘plamlar – bu mobil operatorning foydali takliflaridan biri bo‘lib, abonentlarga kerakli oylik trafik hajmini nisbatan arzonroq narxlarda xarid qilish imkoniyatini yaratadi. UMS aksiyasi doirasida xizmat yanada qulayroq bo‘ldi: 500dan 10000 megabaytgacha hajmga ega internet-to‘plamlarga ulanganda, mijozlar oldingi narxlar bo‘yicha qo‘shimcha 100dan 2000 megabaytgacha trafikka ega bo‘lishadi.

«OnNet» opsiyasi internet-to‘plamlarni har oy avtomatik tarzda uzayadigan qilib ulash imkonini beradi. Uning yordamida xarid qilingan trafik keyingi oylarga o‘tadi, ikkinchi oydan boshlab esa to‘plamlar narxlari boshlang‘ich narxlarga nisbatan 5%ga arzonroq bo‘ladi. Aksiyada ishtirok etish va 20% bonusni qo‘lga kiritish uchun abonentlar 500dan 10000 megabaytgacha bo‘lgan OnNet-to‘plamlarni ulashlari (qayta ulashlari) kerak bo‘ladi.

– Data-operator yo‘lidan borar ekan, UMS kompaniyasi o‘zining yangi va amaldagi mijozlariga qo‘proq qulayliklar yaratishga intilmoqda. Internet-to‘plamlarga bonuslar berish bo‘yicha aksiya bunga yorqin misol bo‘la oladi. Yaqin kelajakda abonentlarimizga yangidan-yangi takliflarni taqdim etamiz, bu esa talablarga mos aloqa operator xizmatlaridan yanada qulay tarzda foydalanish mumkinligini anglatadi, - deya ta’kidladi «UMS» MChJ Marketing va operatorlik biznesini rivojlantirish departamenti direktori Andrey Mamayev.

Internet-to‘plamlar va aksiya shartlari bilan qo‘yidagi havolalar orqali batafsil tanishib chiqish mumkin:
Oylik internet-to‘plamlar – http://ums.uz/uz/internet/9837
«OnNet» internet-to‘plamlar – http://ums.uz/uz/internet/10992


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн