Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Aktrisalar Asal Shodiyeva va So‘g‘diyona Azimovaning Instagram’dagi sahifasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zlashtirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 722           Дата: 25-05-2016, 15:33          
Aktrisalar Asal Shodiyeva va So‘g‘diyona Azimovaning Instagram’dagi sahifasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zlashtirildi

Asal Shodiyeva Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga so‘nggi suratini 13 may kuni joylashtirgan. So‘g‘diyona Azimova esa bundan 5 kun avval oxirgi suratini joylashtirgani ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli foto va videolarga ilova qilingan viruslarning tarqalishiga duch kelganlar, do‘stlari yoki yaqin tanishlari tomonidan yuborilgan havolalarga kirib, tarmoqlardagi shaxsiy sahifasining login va kirish kalitlarini yo‘qotganlar anchagina. Bunda nafaqat tarmoqdagi sahifa berkiladi, balki sizning shaxsiy sahifangiz yangi “ega”ning qo‘liga o‘tadi.

Taniqli aktyor Akbarxo‘ja Rasulov ijtimoiy tarmoqlardagi bunday qalloblikdan tarmoq foydalanuvchilarini ogohlantirdi. Uning ma’lum qilishicha, aktrisa Asal Shodiyevaning Instagram’dagi sahifasini kimdir o‘zlashtirgan va Akbarxo‘jaga Asalning nomidan virus yuklangan maktub jo‘natgan.
Aktrisalar Asal Shodiyeva va So‘g‘diyona Azimovaning Instagram’dagi sahifasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zlashtirildi

Diqqat! San’at sohasi vakillari hamda ularni kuzatuvchilarga. Instagram’da Direct’dan Asal Shodiyeva nomidan mana shunday ko‘rinishdagi xat keladi va sizdan havola orqali noma’lum saytga kirishni tavsiya etadi. Shu orqali sizning sahifangizni buzib, parolingizni olib qo‘yadi. Ehtiyot bo‘ling!”, deb yozadi Akbarxo‘ja Rasulov. Aktyor o‘zi qoldirgan izoh so‘nggida bu xabarni boshqalarga ham yetkazish kerakligini san’atkor do‘stlaridan iltimos qiladi.

Aktrisa So‘g‘diyona Azimova ham xuddi shunday muammoga duch kelgan ko‘rinadi. Uning hamkasbi Setora Olimjonova Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali So‘g‘diyona Azimovaga tegishli Instagram’dagi sahifa noma’lum kimsalar tomonidan o‘zlashtirilib, boshqarilayotgani haqida xabar qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Asal Shodiyeva Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga so‘nggi suratini 13 may kuni joylashtirgan. So‘g‘diyona Azimova esa bundan 5 kun avval oxirgi suratini joylashtirgani ma’lum bo‘ldi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Январь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031