Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

UMS abonentlari soni 1,3 millionga yaqinlashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 490           Дата: 24-05-2016, 15:16          
UMS abonentlari soni 1,3 millionga yaqinlashdi

Universal Mobile Systems O‘zbekiston-Rossiya mobil aloqa operatori abonent bazasi yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra 1,287 millionni tashkil etib, uch oy ichida 17,5 foizga ko‘paydi (yil boshida mazkur raqam 1,095 millionga yetgan edi). Bu haqda 19 may kuni aniqlangan MTS kompaniyasi (operatorning Rossiya tomonidan ta’sischisi) hisobotida so‘z ketadi, deb yozmoqda «Gazeta.uz».

E’lon qilingan moliyaviy hisobotga ko‘ra, 2016 yil birinchi choragida UMS tushumi o‘tgan chorakka nisbatan 3,5 foizga oshib, 82,384 mlrddan 85,241 mlrd so‘mga yetgan. «Umumiy daromadning o‘sishi ma’lumotlar yetkazish xizmatiga bo‘lgan talabning ortishi bilan asoslangan», — deyiladi MTS xabarida.

Operatorning kapital xarajatlari bir chorak avvalgidagi 63,579 mlrd so‘mdan 5,907 mlrd so‘mga kamaygan. Yanvar-mart oylaridagi sof zarar miqdori 12,507 mlrd so‘mni tashkil etdi (bir chorak avvalgisi — 22,071 mlrd so‘m).

OIBDA ko‘rsatkichi (asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi chiqarib tashlangunga qadar bo‘lgan daromadni bildiruvchi tahliliy ko‘rsatkich) 5,731 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning to‘rtinchi choragi ko‘rsatkichidan (2,583 mlrd so‘m) 2,2 barobar ko‘p demakdir. Aloqa tarmoqlarining rivojlanishi va ularni ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning kamayishi OIBDA o‘sishini ta’minladi, deyiladi MTS hisobotida. OIBDA marjasi 3,1 foizdan 6,7 foizga qadar o‘sdi.

Kompaniya ARPU (abonentga xizmatlar sotishdan olinadigan har oylik o‘rtacha tushum) va MOU (har bir abonentning 1 oy davomida foydalangan daqiqalari) ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etmagan, biroq chorak mobaynida umumiy ovozli trafik 1,765 milliard daqiqani tashkil etgani ta’kidlab o‘tilgan (2015 yilning to‘rtinchi choragida — 1,554 milliard).

UMS O‘zbekistonda 2014 yilning 1 dekabrida o‘z faoliyatini boshlagan. MTS operator ustav kapitalining 50,01 foiziga egalik qilsa, qolgan 49,99 foiz «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUKga tegishli. QK muqaddam «Uzdunrobita» kompaniyasi, MTSning O‘zbekistondagi sobiq sho‘’basiga tegishli bo‘lgan infratuzilmalar bazasida faoliyatini amalga oshiradi.

MTSning operator faoliyat ko‘rsatayotgan olti mamlakatdagi jami abonentlari soni, mart oyi yakunlariga ko‘ra, 0,4 foizga ortib, 108,3 million (bir yil avval — 107,8 million)ni tashkil etdi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн