Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Messi va Ronaldu: jahonning eng yaxshi ikki futbolchisidan qay biri texnologiyalardan foydalanishda faol?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 313           Дата: 25-11-2015, 20:24          

Argentinalik Lionel Messi yoki portugaliyalik Krishtianu Ronaldu — jahonning eng kuchli futbolchilaridan qay biri zo‘rroq, texnik harakatlari yetukroq va tezroq? Bu zamonamizning eng ko‘p muhokama qilinadigan, yechimi yo‘q, ba’zan esa janjallarga sabab bo‘ladigan savollaridan biri. Aftidan, bu savolning aniq bir javobi hech qachon bo‘lmasa ham kerak.

Biroq Hi-Tech Mail.ru nashri Messi va Ronaldu qarama-qarshiligi doirasida boshqa bir qiziqarli masala — ularning qay biri texnologiyalardan foydalanishda faol, degan savolga javob topdi. Eng zo‘r futbolchilarning qay biri ijtimoiy tarmoqlarda faolroq? Zamonaviy smartfonlardan qanchalik faol foydalanadi? Smart-soat, fitnes-treker va boshqa zamonaviy qurilmalarga munosabati qanday?

Messi va Ronaldu o‘rtasidagi bir necha qiyoslash raundlari davomida ularning har biriga ballar hisoblab boriladi, yakuniy hisob-kitob bo‘yicha esa bu masalada kim “the best” ekanligi aniqlanadi.

Qanday smartfon bu?

Messi so‘nggi yillarda Samsung smartfonlari targ‘ibotida faol qatnashmoqda, shu sababli, katta ehtimol bilan, u shu kompaniya mahsulotidan foydalanadi. Har holda, u smartfondan reklama maqsadida emas, balki shaxsiy ehtiyoj yuzasidan foydalanishini tasdiqlovchi birorta surat internetdan topilmadi. Biroq, argentinalikning Instagram’dagi akkauntidan kelib chiqib xulosa qilsak, futbolchining smartfoni bor va uning kamerasi ancha-muncha yaxshi.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Ronaldu o‘zining asosiy smartfoni iPhone ekanligini Instagram’da bir necha bor tasdiqlagan. Ba’zan, ba’zi suratlarda uning ikkinchi, ko‘lankasidan Samsung qurilmalariga o‘xshash smartfoni ham “ko‘rinib qoladi”. Aytgancha, Samsung smartfonlari reklamasida portugaliyalik futbolchi ham qatnashgan — Janubiy Koreya kompaniyasi ham qaysi futbolchi zo‘rroq ekani borasida bir qarorga kela olmagan, shekilli.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Baholar: Messi — 1 ball; Ronaldu — 1 ball.

Smart-soatlar va fitnes-trekerlar

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Bu masalada har ikkala futbolchi ham klassik soatlarni ma’qul ko‘radi va hech qanday fitnes-trekerlardan foydalanmaydi. Shunday ekan, taqib yursa bo‘ladigan elektronikaga qiziqishi yo‘q bo‘lsa-da, klassikaga sodiqligi uchun ularning har ikkisiga 1 balldan berish mumkin. Bu holatni kechirsa bo‘ladi, chunki haqiqatan ham kerakli va foydali smart-soatlar va fitnes-trekerlarni hozircha hech kim o‘ylab topolgani yo‘q.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Baholar: Messi — 1 ball (jami— 2); Ronaldu — 1 ball (2).

Ijtimoiy tarmoqlardagi faollik

Twitter

Messi Twitter’da umuman yo‘q. Shu sababli unga “nol” baho. O‘rni kelganda ta’kidlash joiz, Twitter’da argentinalik futbolchining haqiqiyligi tasdiqlanmagan klon va ishqibozlik akkauntlari son mingta. Bir narsa aniq — Twitter’ga haqiqiy Messi juda ham kerak.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Ronaldu esa Twitter’da bor va juda faol — u qariyb 39 million o‘quvchisi uchun tez-tez tvit yozib turadi. U Twitter’da nafaqat shaxsiy fikrlari bilan o‘rtoqlashadi, balki akkauntdan marketing vositasi sifatida ham foydalanadi — Ronalduning mikroblogida muntazam ravishda, ba’zan asabga tegadigan darajada reklamalar berib boriladi.

Baholar: Messi — 0 ball (jami— 2); Ronaldu — 1 ball (3).

“VKontakte”

Messiga bu yerda ham 0 qo‘yish mumkin, Rossiyada muxlislari ko‘p bo‘lishiga qaramay, u “VKontakte”da umuman yo‘q. Ronaldu esa Rossiyaning xos ijtimoiy tarmog‘ida ham faol — bu yerda uning guruhi ham, shaxsiy sahifasi ham bor, ishqibozlarining sahifalari haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Baholar: Messi — 0 ballov (jami — 2); Ronaldu — 1 ball (4).

Instagram

Foto: Hi Tech Mail.ru

Har ikkala sportchining Instagram’da akkaunti bor, ularning har ikkisi faol suratga tushadi ham suratga oladi. Messining obunachilari soni 29 million, Ronalduniki esa 37 million. Futbolchilarning fotosuratlari xilma-xil — shaxsiylari ham, sportga oidlari ham, boshqachalari ham bor. Suratlarni “varaqlash” jarayonida qisqa videolarni ham topsa bo‘ladi.

Foto: Hi Tech Mail.ru

Baholar: Messi — 1 ball (jami — 3); Ronaldu — 1 ball (5).

Facebook

Messi Facebook’da nafaqat bor, balki 81 million nafar foydalanuvchini o‘ziga jalb ham qilgan. Argentinalik futbolchi tarmoqdagi sahifasida hayotidan olingan haqiqiy lahzalarni ko‘rsatib boradi — mashg‘ulot va uchrashuvlardan fotosuratlar, shaxsiy va oilaviy fotolavhalar. Albatta, reklama ham bor, lekin bu Ronalduning sahifasidagi kabi asabga tegar darajada emas, ko‘proq foydali.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Ronalduning Facebook’dagi sahifasini 107 million foydalanuvchi kuzatib boradi. Biroq, yuqorida qayd etilganidek, asosan — reklama, reklama, reklama.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Baholar: Messi — 1 ball (jami— 4); Ronaldu — 1 (6).

Aksessuarlar, planshetlar va kompyuterlar

Quloqchinlar

Messi jamoatchilik oldida qo‘shiq eshitmaydi, shu sababli u qanday quloqchinlardan foydalanishi haqida bir narsa deyish qiyin. Uni hatto aksariyat futbolchilar sevadigan Beats quloqchinlari bilan ham ko‘rmaysiz.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Ronaldu esa Monster quloqchinlaridan foydalanib, qo‘shiq eshitayotgani tasvirlangan fotosuratlarini muntazam ravishda e’lon qiladi. Katta ehtimol bilan, bu ham navbatdagi reklama shartnomasi talablaridan biri bo‘lsa kerak.

Shunday ekan, bu raundda har ikkala futbolchini ham ballsiz qoldiramiz, chunki vaziyatga munosib baho berish uchun mos sharoit yo‘q.

Planshetlar va kompyuterlar

Messi va Ronaldu Apple kompaniyasi planshetlaridan foydalanadi. Hammasi to‘g‘ri — eng yaxshi futbolchilarda eng yaxshi planshetlar bo‘lishi kerak.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Kompyuterlar borasida aniq ma’lumot yo‘q, lekin olifta Ronalduning stolida juda urf bo‘lgan 12 dyuym ekranli Macbook turganini taxmin qilish mumkin. Bu raundda nursiz durang.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Baholar: Messi — 1 ball (jami — 5); Ronaldu — 1 ball (7).

Xulosa o‘rnida

Ko‘rinib turibdiki, bu bahsda Ronaldu 7:5 hisobida Messini ortda qoldirdi. Biroq bunga asosiy sabab — argentinalik futbolchining nisbatan kamtarinligidir. U o‘z gadjet va xobbilarini omma oldida ko‘z-ko‘z qilishga o‘rganmagan, uning raqobatchisi haqida esa bu fikrlarni bildirib bo‘lmaydi. Ishonchingiz komil bo‘lsin, agar Messi 20 million dollarga samolyot sotib olsa, buni deyarli hech kim bilmay qolishi mumkin. Ronalduning shunday xaridini esa yaqinda deyarli hamma nashrlar yoritdi.

Xulosa o‘rnida—2

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Oxir-oqibat, ularning qaysi biri eng yaxshi futbolchi, degan savolning javobini ham matematik yo‘l bilan hisoblab, topish mumkin. Jahonning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan Oltin to‘p sovrini Messida 4 ta va, taxminlarga ko‘ra, 2015-yil yakuniga ko‘ra beshinchisini ham oladi, keyingi yillar davomida yana qo‘lga kiritishi ham mumkin.

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Ronalduning hisobida esa bunday sovrin atigi uchta va keyingisini qachon qo‘lga kiritishi haqida aniq fikr bildirish qiyin.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн