Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Google yangi "aqlli" Allo messenjeri hamda videoqo‘ng‘iroqlar uchun Duo dasturini namoyish etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 458           Дата: 19-05-2016, 05:22          
Google yangi "aqlli" Allo messenjeri hamda videoqo‘ng‘iroqlar uchun Duo dasturini namoyish etdi

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan Google I/O anjumanida kompaniya yangi Allo messenjeri hamda videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshiruvchi Duo dasturini taqdim etdi, deb xabar beradi "Kun" nashri.

Messenjerning asosiy ajralib turuvchi jihati - ichiga o‘rnatilgan assistentidir. Uning yordamida dasturning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozishuv va qidiruvlarni amalga oshirish, o‘yinlar o‘ynash mumkin. Google qayd etishicha, mazkur chatbotda kompaniya ma’lumotlar bazasiga ulanish imkoni mavjudligi uchun raqobatchilariga nisbatan ancha aqlliroqdir. Shu hususiyat tufayli Google boti odatiy botlarga nisbatan ancha murakkab bo‘lgan so‘rovlarni tushuna oladi. Shuningdek, bot boshqa foydalanuvchilar bilan yozishuvlar davomida javoblarni taklif qila oladi.
Google yangi "aqlli" Allo messenjeri hamda videoqo‘ng‘iroqlar uchun Duo dasturini namoyish etdi

Alloning yana bir jihati – xabar jo‘natilayotganda uning hajmini belgilay olish imkoniyatidir. Shu tariqa muhim xabarni ajratib olish mumkin.
Barcha xabarlar shifrlar bilan himoyalangani uchun hujumkor shaxslar ularni o‘qiy olmaydi. Biroq Google xizmati xabarlarni qayta ishlab chiqsa-da, ularni o‘zida saqlab qolmaydi. Bundan havotir olganlar uchun messenjerda Chrome brauzeri kabi «Inkognito» rejimi mavjud. Mazkur rejimda Google xabarlarni qayta ishlab chiqmaydi va shunga muvofiq, Allo assistentining tavsiyalarisiz harakat qila olmaydi.

Messenjerning qolgan funksiyalari foydalanuvchilar uchun ancha tanish: unda stikerlar, yetkazib berish indikatori, xabarlarni o‘qish va ko‘p miqdordagi sozlamar mavjud.

Videoqo‘ng‘iroqlar uchun Duo xizmati iOS uchun Facetime funksiyalarini takrorlaydi.
Har ikkala dastur 2016 yilning yoz oyida ishga tushiriladi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн