Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Olimlar odamning ichki a’zolarida ishlovchi robot yaratishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 203           Дата: 18-05-2016, 19:30          
Olimlar odamning ichki a’zolarida ishlovchi robot yaratishdi

AQShning Massachusets texnologik instituti olimlari Sheffild universiteti va Tokio texnologik instituti olimlari bilan birgalikda odamning ichki a’zolarida ishlovchi robot yaratishdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qurilma odamning ichidan yutib yuborilgan turli yot jismlarni chiqarishda yordam beradi.

Oxirgi yilda amerikaliklar kichkina batareykani yutib yuborgan 3,5 mingdan ko‘proq holat qayd etilgan.

Bir bola kichkina batareykani ko‘p marta yutib yuborgani sababli 65 marta operatsiya qilingan.

Robot yutish uchun oson bo‘lib, u kapsulaga joylashtiriladi. Kapsula oddiy dori kabi yutiladi. Odamning ichida kapsula eriydi va undan chiqqan robot esa o‘z ishini boshlaydi. Robot harakatlanishi uchun kichkina suzgichlar bilan jihozlangan.

Qurilmaga maxsus magnit o‘rnatilgan bo‘lib, shifokorlar uning yordamida robotni boshqara oladilar.

Hozircha robot yutib yuborilgan hamda oshqozonning shiliq qavatida yoki ichakda tiqilib qolgan yot jismlarni olib chiqa oladi. Biroq vaqti kelib uning imkoniyatlari shunchalik darajagacha oshiriladiki, u odam ichida jarrohlik operatsiyalari o‘tkaza oladi, misol uchun, ichakdagi shikastlanishlarni tika olishi mumkin.

Robot odam organizmidan tabiiy yo‘l bilan chiqib ketadi.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн