Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Wi-Fi signalini yaxshilashning 5 ta ilmiy usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 459           Дата: 21-11-2015, 22:04          

Har bir kishi uning uyidagi internetning tezroq ishlashini istasa kerak. Wi-Fi signalini yaxshilashning hayratlanarli darajada oddiy usullari mavjud. Uyingizdagi internetning sifati asosan marshrutizatorga bog‘liq, deydi Interesbook.

Foto: Shopnshoppy

Dastlab, Wi-Fi to‘lqinlari nima ekanligini tushunib olish lozim. Bu o‘zining juda qisqa uzunligi (12 santimetr) bilan ajralib turuvchi elektromagnitlarga o‘xshash radioto‘lqinlardir. Bu esa routerdan uzoqlashgan sari signalning kuchsizlanishini anglatadi.

Ushbu muammoni quyidagi usullar bilan hal etish mumkin.

  1. Marshrutizatorni uyingizning markaziga o‘rnating.

Agar siz marshrutizatorni uyingizning turli burchaklaridan ko‘ra olsangiz, demak, siz u uchun ideal joy topgansiz.

  1. Uni polga qo‘ymang.

Routeringiz qanaqa bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘z Wi-Fi signalining bir qismini pastga, korpus ostiga tarqatadi. Shuning uchun agar u polda tursa, siz signalning qariyb yarmini yo‘qotasiz. U shunchaki pastki qavatdagi qo‘shningiznikiga tarqaladi. Shu sababdan ham router uchun ideal joy bu shift osti devori hisoblanadi.

Bu javon, shkaflarga ham taalluqli. Marshrutizatorning atrofida qanchalik ko‘p devor bo‘lsa, uydagi internet sifati shunchalik yomon bo‘ladi.

  1. Uni boshqa elektronikadan uzoqroqqa joylashtiring.

Har qanday elektronika, xoh u kompyuter bo‘lsin, xoh televizor Wi-Fi signalining tarqalishiga xalaqit beradi. Shuning uchun o‘z routeringizni ulardan uzoqroqda saqlang.

  1. Agar routeringizning antennalari bo‘lsa, ularni to‘g‘ri yo‘nalishga sozlang.

Qurilmaning ichki antennalari marshrutizatorning antennasi bilan parallel joylashsa, u yaxshiroq ishlaydi. Ko‘pchilik noutbuklar gorizontal o‘rnatilgan antennaga ega. Shu sababli router polda emas, stol ustida tursa, noutbuk interneti tezroq ishlaydi.

Agar sizda qurilmalaringizni bir xil balandlikda joylashtirish imkoni bo‘lmasa, routerning antennalaridan birini gorizontal, ikkinchisini vertikal yo‘naltiring.

  1. Signal tarqatish xaritasi.

Wi-Fi signalining uyingiz va uning atrofida tarqalish xaritasini tuzishi mumkin bo‘lgan ko‘plab dasturlar mavjud. Bu signal yaxshiroq tarqalishi uchun routerni qayerga qo‘yish lozimligini tushunishingizga yordam beradi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031