Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Facebook asoschisi farzand tarbiyasi uchun ta’tilga chiqadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 587           Дата: 21-11-2015, 16:23          

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg qizi tug‘ilganidan so‘ng ikki oyga farzand tarbiyasi uchun ta’tilga chiqadi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida xabar qoldirdi.

Foto: Reuters

“Bu juda shaxsiy qaror, men farzand tarbiyasi uchun ikki oylik ta’til olishga qaror qildim”, — deb yozadi Sukerberg. Uning tadqiqotlardan keltirgan iqtiboslariga ko‘ra, farzand tug‘ilganidan so‘ng ota-onalarning ishdan vaqtincha ketishi umuman oilaga ijobiy ta’sir qiladi.

Sukerberg kompaniya rahbari o‘rnida uni kim almashtirishiga aniqlik kiritmadi. Reuters axborotiga ko‘ra, nomzodlar orasida Facebook’ning bosh operatsion direktori Sheril Sendberg va top-menejer Kris Koks bor.

Ishbilarmon o‘z ayoli Pristsilla bilan birga qizining tug‘ilishiga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani bilan bog‘liq tafsilotlar ham o‘rtoqlashdi. “Biz o‘zimizning sevimli bolalar kitoblarimiz va o‘yinchoqlarimizni to‘playapmiz”, — deb yozgan Sukerberg, bu xabariga bolalar aravachasining suratini ilova qildi.

Sukerberg 1-avgust kuni Pristsilla bilan farzand bilan kutayotganliklarini ma’lum qilgandi. “UTTdan o‘tkazish vaqtida bolakay qo‘lchasi bilan menga “layk” ko‘rsatdi, buni ko‘rib u mening yo‘limdan yurishiga ishonchim komil bo‘ldi”, — deb yozgandi Sukerberg.

Mark Sukerberg 2012-yil 19-mayida qadrdon dugonasi Pristsilla Changa uylangan edi. Facebook asoschisining ayoli tibbiyot bo‘yicha doktorlik darajasiga ega. Oilaviy juftlik bir necha yildan beri farzandli bo‘lishga harakat qiladi, biroq Pristsilla uch marta bola tushishini boshdan kechirdi.

31 yoshli Mark Sukerberg tarixdagi eng yosh milliarder sifatida tan olingan. U Facebook Inc. kompaniyasining 24 foiz aksiyalariga egalik qiladi. 2010-yil martida u birinchi marta Forbes’ning milliarderlar reytingida paydo bo‘lgan, jurnal o‘shanda uning boyligini 4 milliard dollarga baholagan.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн