Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Android uchun aprelning eng yaxshi 10 ta dasturi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 802           Дата: 2-05-2016, 12:47          
“Layfxaker” nashri o‘tgan oyda diqqatga sazovor bo‘lgan qiziqarli va foydali dasturlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida butunlay yangi bo‘lgan dasturlar ham, shuningdek, tubdan yangilanganlari ham bor.

Gmail’dan Inbox

Inbox — yangi avloddagi elektron pochta kliyenti bo‘lib, u xatlarni mustaqil ravishda guruhlash, maktublardan eng muhim axborotni ajratib olish va, hatto, sizning o‘rningizga javoblar yozish qobiliyatiga ega.

Net Guard

Ushbu dastur dastlab Android uchun dasturiy fayervol sifatida yaratilgan edi. Uning yordamida sizda o‘rnatilgan barcha dasturlar uchun ruxsatlar va tarmoqdagi xatti-harakat qoidalarini ikir-chikirigacha sozlab qo‘yish mumkin.

Quote

Quote — RSS formatida yangiliklar o‘qish uchun dastur. U Feedly va Inoreader servislari uchun mobil kliyentdir. U maqolalarning to‘liq matnini tortib olish, ularni reklamalardan tozalash va o‘qish uchun eng qulay ko‘rinishda aks ettirishga qodir.

Words

Bu inglizcha so‘zlarni o‘rganish uchun dastur bo‘lib, unda 330 ta darsga bo‘lingan 8000 dan ortiq so‘z taklif qilinadi. O‘ziga xos mashqlar jarayonni oson va qiziqarli qiladi.

Google Taqvim

Dasturga aprelda bir yo‘la ikkita yangilanma kiritildi. Birinchisi eslatmalar bo‘lsa, ikkinchisi o‘z oldingizga maqsad qo‘yib, unga erishish uchun vaqt topishda yordam beradi.

Chrooma Keyboard

Android uchun mo‘ljallangan klaviaturada turli tillar qo‘llab-quvvatlanadi, yorug‘lik kam bo‘lgan sharoitda tungi rejimga avtomatik tarzda o‘tiladi va boshqa bir qancha original funksiyalardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Moosic

Android uchun yangi musiqiy pleyer orqali “VKontakte” musiqiy to‘plamiga bevosita kirish imkoniyati taqdim etiladi. U ushbu ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi Mail.Ru Group kompaniyasi tomonidan chiqarilgan.

Angliysiy 4 You

Ushbu mobil dastur ingliz tilini boshidan o‘rganmoqchi yoki o‘z bilimlarini chuqurlashtirish istagida bo‘lgan kishilar uchun mo‘ljallangan. U butun ingliz tili kursini qamrab olish o‘rniga, ba’zi sohalargagina e’tibor qaratadi.

Puffin Browser

Veb-sahifalarni aks ettirishda yaxshi tezlik ko‘rsatishdan tashqari, ushbu brauzer Adobe Flash’ni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, o‘z “bulut”ida fayllarni saqlaydi, video va o‘yinlar uchun alohida teatr rejimiga va boshqa qator qo‘shimcha funksiyalarga ega.

Giphy

Bu dastur smartfon yoki planshet orqali Giphy sayti katalogidan har qanday GIF-rasmlarni bir lahzadayoq qidirib topish imkonini beradi. Shundan so‘ng, ularni o‘z qurilmangizda saqlash, ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishish yoki elektron pochta orqali yuborish mumkin.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн