Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Gizmodo: Facebook bir milliard o‘quvchiga ega mediaga aylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 235           Дата: 21-04-2016, 00:37          
Haftasiga bir marta Facebook rahbari Mark Sukerberg kompaniya xodimlarining savollariga javob beradi. Uchrashuv oldidan ichki so‘rovnoma o‘tkazilib, ushbu jarayonda xodimlarga muhokama uchun mavzular ko‘tarish va o‘zini qiziqtirgan savollarni o‘ylab olish taklif qilinadi. Gizmodo texnologik blogining aniqlashicha, 4-mart kuni o‘tkazilgan so‘rovnomada “Siz Facebook Tramp prezident bo‘lishiga xalaqit berishi lozim deb hisoblaysizmi?” degan savol ilgari surilgan. Shu munosabat bilan nashr muharriri Maykl Nunyes ijtimoiy tarmoqning bu boradagi resurslarini chamalab ko‘rdi, deb xabar beradi Meduza.

Gizmodo: Facebook bir milliard o‘quvchiga ega mediaga aylandi

Mark Sukerberg bu savolga qanday javob bergani noma’lum, ammo aprel oyining boshida ishlab chiqaruvchilar uchun o‘tkazilgan konferensiya chog‘ida Facebook rahbari kutilmaganda Donald Tramp haqida fikr bildirdi. Siyosatchining ismi tilga olinmaganiga qaramay, Sukerberg uni nazarda tutgani hech kimda shubha uyg‘otmadi: u Trampning immigratsion siyosatni qattiqlashtirish va internet erkinligini cheklash singari takliflariga salbiy munosabat bildirdi.

Mark Nunyesning ta’kidlashicha, bugun Facebook shunchaki bir sayt bo‘lmay, har kuni bir milliarddan ortiq foydalanuvchiga axborot yetkazadigan mediadir.

“Biz bu yerda yangiliklarni bilamiz, siyosiy qarashlarimizni shakllantiramiz, siyosatchilar bilan muloqot qilamiz. Siyosatchilarning o‘zi Facebook’ka katta pul sarflaydi”, — deb mulohaza yuritadi u.

An’anaviy OAV o‘z faoliyatida professional standartlarga rioya etadi. Jumladan, yangilikni yoritishda xolislikni saqlash asosiy talablardan biri hisoblanadi. Facebook esa bunday majburiyatlarni zimmasiga olmagan. Ijtimoiy tarmoq sohiblari xohlasa, o‘zlariga yoqmagan nomzod haqidagi barcha ma’lumotni bir lahzada yo‘q qilishi mumkin. Memlar va virusli kontentga tayanadigan kampaniya uchun bu jiddiy zarba bo‘ladi. Bundan tashqari, Facebook o‘ziga ma’qul nomzodni har taraflama targ‘ib qilish imkoniyatiga ega. Ijtimoiy tarmoqni bunday ishdan qaytaradigan hech qanday qonun yo‘q.

Maykl Nunyes Facebook auditoriyasining fe’l-atvoriga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatib bergan bir nechta eksperimentni yodga oldi. Jumladan, 2012-yilda kompaniya 700 ming foydalanuvchiga ko‘rsatiladigan kontentni maxfiy tarzda almashtirib bordi; buning natijasida Facebook foydalanuvchilarga u yoki bu hissiyotlarni singdirishi mumkinligi aniqlandi.

Gizmodo’da chop etilgan maqola bilan tanishib chiqqan Facebook rahbariyati darhol bayonot tarqatib, o‘zini odamlar kayfiyatini boshqarishga huquqli deb bilmasligiga ishontirdi.

“Saylovlarda ishtirok etish — demokratiyaning asosiy shartlaridan biri. Bizning vazifamiz — fuqarolarning ushbu jarayondagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, shu bois biz istisnosiz barcha siyosiy kuchlarni platformamizdan foydalanishga chaqiramiz. Lekin kompaniya sifatida har doim betaraflik saqlaymiz: biz o‘z mahsulotimizdan hech qachon odamlar kimga ovoz berishiga ta’sir o‘tkazish maqsadida foydalanmaganmiz, bundan keyin ham foydalanmaymiz”, — deyiladi bayonotda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Февраль 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728