Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

USENET 2016 digital-konferensiyasi yuzlab internet-mutaxassislarni birlashtiradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 500           Дата: 20-04-2016, 00:34          

USENET 2016 digital-konferensiyasi yuzlab internet-mutaxassislarni birlashtiradi

Ledokol Group, UZINFOCOM va Beeline 20 aprel kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida bir necha mamlakatdan tashrif buyurgan ma’ruzachilarni birlashtiradigan halqaro USENET 2016 digital-konferensiyasiga taklif etishmoqda.

Voqeani sharhlar ekan, Ledokol Group direktori Dilshod Muzaffarov quyidagilarni belgiladi: “Ishonamanki uzoq tanaffusdan so‘ng USENET yangi sifatli darajaga o‘tadi. Muhit o‘zgardi, global bozorda ishlayotgan va ishlashga tayyor bo‘lgan professionallarning yangi avlodi yetishib chiqdi. O‘zbekistonlik qator startaplar halqaro darajada tan olindilar, va mazkur pozitiv jarayonlarga biz yangi turtki bera olamiz deb ishonaman”.

Digital-konferensiyasining yuzlab ishtirokchilari uchun O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Rossiyalik o‘nlab spikerlar ikki kun mobaynida USENET‘ning ikki seksiyasi doirasida ma’ruzalar o‘qiydilar. Bo‘lg‘usi forumning to‘liq dasturini quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin http://usenet.uz/programma

Viktor Yeliseev, Dentsu Aegis Network Kazakhstan boshqaruvchi direktori: “Internet nafaqat haridorning fe’l-atvorini o‘zgartiradi, balki bozorning yangi qoidalarini ham joriy etadi. Biz raqamli iqtisodiyotning transformatsiya davrini boshdan kechirmoqdamiz, va bu yanada ilhomlantiradi. Global tajriba va lokal perspektivalar – digital-imkoniyatlar bilan bir qatorda muvaffaqiyatga erishishning eng yaxshi yo‘lidir. USENET konferensiyasi internet-industriya ishtirokchilari uchun ayniqsa muhim va kerakli. Mazkur tashabbus Toshkentga boshqa mamlakatlardagi ekspertlarni jalb qilgan holda har yillik an’anaga aylanishiga umid qilaman”.

O‘tgan yillardagi kabi, konferensiyani Ledokol Group kompaniyasi tashkillashtirdi. Bosh informatsion homiy Rossiyadagi Mail.Ru Group kompaniyasi bo‘ldi, strategik hamkor – UZINFOCOM axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish Markazi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “O‘zbekiston telekom-sohasining yetakchisi sifatida Beeline shuningdek o‘zini yaxshi tavsiya qilgan USENET konferensiyasi kabi eng oldi tashabbuslarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Mamlakatimiz va chet el IT-sohasining yetakchi ekspertlari orasidagi muloqot va tajriba almashish uchun yatatilgan maydonni qo‘llab-quvvatlash imkoni borligidan mamnunmiz, bundan tashqari – respublikaning digital-ekotizimi barpo etilishida o‘zimizning salmoqli hissamizni qo‘shishni mo‘ljallamoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, avval USENET konferensiyalari Toshkentda 2011 va 2012 yillarda o‘tkazilgan. Internetda biznesni rivojlantirish, videoreklama, messenjerlar, ijtimoiy media, SMM, reklama bozorining monitoring va o‘lchovlari, elektron savdo, internet-OAV va muvaffaqiyatli startaplar USENET 2016 asosiy mavzulariga aylanadi. Tafsilotlar – http://usenet.uz/ saytida.



Teglar: Beeline


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн