Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Eurasia Mobile Challenge loyihasi doirasida Toshkentda “Acceleration Day” bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 812           Дата: 26-10-2015, 16:48          
Eurasia Mobile Challenge loyihasi doirasida  Toshkentda “Acceleration Day” bo‘lib o‘tdi

“Beeline” mobil ilovalar halqaro tanlovining ko‘rsatmali tadbirini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. 23 oktyabr juma kuni "Wyndham” mehmonxonasining “Silk Road” zalida “Eurasia Mobile Challenge 2015” loyihasining mashq kuni – “Acceleration Day” bo‘lib o‘tdi, u yerda respublikaning turli hududlaridan o‘nlab ishtirokchi guruhlarning yuzdan ziyod vakillari qatnashdilar.

“Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov: “Dekabr oyida biz uch eng yaxshi guruhni tanlaymiz, ular 2016 yilning boshida Moskvada bo‘lib o‘tadigan hududiy finalda O‘zbekistonni namoyon etadilar. Keyin esa uch hududiy finalist boshqa hududiy komandalar bilan bellashish uchun 2016 yilning 22-26 fevral kunlari Barselona shahrida Halqaro mobil aloqa kongresi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Global Mobile Challenge” tanloviga yo‘l oladilar”.

Trening chog‘ida ishtirokchilarga taqdim etilgan ma’lumot, vatanimizdagi mobil ilovalarni kashf etuvchilarning g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlariga ko‘mak beradi. Bu maqsadda Toshkentga lektor sifatida chet ellik venchur investori Maks Gurvits - CCC Startups fondi va Startup AddVenture loyihasining asoschisi taklif etildi. Voqeani sharhlar ekan, u quyidagilarni qayd etdi: “Faoliyatlarini endi boshlagan startaplar ko‘p hollarda bozor uchun qiziq bo‘lmagan g‘oyalarni qurib, u kim uchun kerakli ekanligi, uni qanday qilib ommabop qilishni yaxshi tushunmaydilar. Aqlli va iqtidorli yoshlar har bir yerda bor, o‘ylaymanki “Eurasia Mobile Challenge” kabi tadbirlarning maqsadi – bu har bir mamlakatdagi eng yaxshi g‘oyalarga jahon maydonida halqaro e’tirofga ega bo‘lib keyingi bosqichga chiqish uchun imkon berish”.

Har bir ishtirokchining asosiy vazifasi – o‘z mamlakati uchun mobil yechimni taqdim etish, keyin esa ushbu mohiyatni hay’atlarga taqdim etishdir. Ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish 30 oktyabr kuniga qadar www.eurasiamobilechallenge.com sayti orqali davom etadi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031