Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

UzDigital-TV “Navro‘z—2016” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 835           Дата: 16-04-2016, 12:45          
Navro‘z bayramida yoru birodarlarga quvonch ulashish an’anasiga sodiq qolgan UzDigital-TV bayram kunlari yangi abonentlariga ulangandan keyingi ikki oylik abonent to‘lovi uchun 86,56 foizlik chegirma taqdim etdi.

UzDigital-TV “Navro‘z—2016” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi

Yangi abonentlar atigi 2016 so‘m evaziga 47 kanalni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi. Aksiyadan o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘la oqladi: UzDigital-TV abonentlari oilasi yanada kattalashdi.

Hayotni o‘zgartiruvchi televideniye

UzDigital-TV xizmatlarining yangi foydalanuvchilari raqamli televideniyega ulanish qarori va dastlabki kunlardagi tomosha taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Zarina Mamedova, 47 yosh, buxgalter

— Yaqinda yangi televizor sotib oldik va raqamli televideniye operatorini tanlash ustida bosh qotirayotgan edik. Bozorni o‘rganib, kompaniyalar haqida ular ko‘rsatayotgan xizmat sifati haqidagi izohlar, kafolat va narx haqidagi ma’lumotlarni taqqoslab, UzDigital-TV’ni tanladik. Navro‘zga bag‘ishlangan aksiya haqida tarmoqqa ulanish uchun ofisga borganimizda bildik va, albatta, bu biz uchun yoqimli bonus bo‘ldi.

Bir haftadan beri UzDigital-TV’ni tomosha qilyapmiz. Tasvir sifati, shuningdek, teledasturlarni istalgan ob-havo sharoiti tomosha qilish imkoniyati mavjudligi bizga juda ma’qul keldi. Bungacha yo‘ldosh antennasidan foydalanardik va yomg‘ir yoki qor yoqqan vaqtda, u ko‘rsatishdan to‘xtardi. Kuchli shamoldan keyin ham signal yo‘qolib qolar, shu sababli tez-tez ustani chaqirishga majbur bo‘lardik.

Endi esa barcha do‘stlarim va tanishlarimga UzDigital-TV’ni tavsiya qilyapman.

UzDigital-TV “Navro‘z—2016” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi

Dilshod Vahobov, 34 yosh, o‘qituvchi

— Akamning oilasida o‘tgan yozdan beri UzDigital-TV’da foydalanishadi. Ulanishi bilan, bu televideniye bozorida sifat jihatdan mutlaqo yangi xizmat ekani ma’lum bo‘lgan edi. Shu sababli, Navro‘zga bag‘ishlangan aksiya haqida bilishim hamonoq, men ham uyimga raqamli televideniyeni ulattirdim. Bungacha ko‘plab kanallarni “qori” bilan ko‘rsatadigan oddiy televideniyeni tomosha qilardik.

UzDigital-TV bir necha jihatlari bilan menga yoqadi:

Birinchidan, kanallarni sozlash shart emas — barcha kanallar pristavkada bor, uni televizorga ulasa kifoya. Kanaldan kanalga olishingiz bilan, pastda bir necha soniya davomida maxsus menyu paydo bo‘ladi va kanalda nima namoyish etilayotgani va u qachon yakuniga yetishi haqida axborot beradi.

Ikkinchidan, tasvir juda tiniq, ob-havo noqulayliklari ta’sirida o‘zgarmaydi.

Uchinchidan, kerakli dasturlarni yozib olish mumkin — xohlang oldindan rejalashtirib, xohlang jonli efir vaqtida.

To‘rtinchidan, yaxshilab o‘ylab, so‘ng tuzilgan qulay menyu — unda kanallar turli kategoriyalar (kino, sport, bolalar va hokazo) bo‘yicha saralangan.

Men UzDigital-TV’ning hali barcha imkoniyatlarini to‘liq o‘rganib bo‘lganim yo‘q, biroq foydalangan jihatlarim bo‘yicha provayder xizmatlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz.

UzDigital-TV “Navro‘z—2016” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi

Yulduz Sodiqova, 26 yosh, uy bekasi

— Hozir o‘zimni UzDigital-TV’siz tasavvur qila olmayman. Raqamli televideniye haqida ko‘pdan beri o‘ylardik, lekin hech qo‘l tegmayotgan edi. UzDigital-TV’ga tasodifan ulandik: internetda aksiya haqida o‘qib qolib, ishlatib ko‘rishga qaror qildik va bundan hech ham afsusda emasmiz.

Chaqalog‘im bor, shu sababli televizorni kamdan-kam, teledasturlarni tanlab-tanlab ko‘raman. UzDigital-TV’dagi to‘xtatib qo‘yish va yozib olish funksiyasi menga o‘xshash onalarga yordam beradi. Bola: “Bolajonim, ozgina kutib tur, televizor ko‘rib olay, keyin senga qarayman”, — degan gapga tushunmaydi. Albatta, shunday qilib ko‘rish mumkin, biroq u hech qancha vaqt o‘tmay boshliq kim ekanini ko‘rsatib qo‘yadi. Endi ko‘rsatuvga vaqtim ketganiga achinmayman, oxirigacha ko‘rolmaganimdan achchiqlanmayman.

Avvallari turmush o‘rtog‘im bilan kanal talashardik. UzDigital-TV raqamli televideniyesini ulaganimizdan so‘ng, bu muammolar ortda qoldi: oqshomda erim o‘zi xohlagan hamma narsani ko‘radi, men esa ko‘rsatuvlarni yozib olib, erim ishda bo‘lgan vaqtda tomosha qilaman. Mart oyi oxirida yosh bolam bilan birga shifoxonada yotdim va serialning so‘nggi qismlari ham shu vaqtga to‘g‘ri keldi. Erim qolgan qismlarni men uchun yozib oldi. Shifoxonadan chiqqanimdan so‘ng, serial oxirida nima bo‘lganidan boxabar bo‘ldim.

Xizmat sifati va juda qulayligiga ishonch hosil qilganimdan so‘ng, onam uchun ham UzDigital-TV ulattirmoqchiman. U ishda bo‘lgan vaqtda qo‘yilgan seriallarni endi u yozib olib ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Kompaniya haqida

UzDigital-TV “Navro‘z—2016” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi

UzDigital-TV uy va ofis uchun raqamli televideniye xizmatining to‘liq majmuasini taqdim etadi. Kompaniya 2009-yildan beri yangi avlod televideniyesidan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.

Bugungi kunda UzDigital-TV O‘zbekistondagi raqamli televideniye provayderlari orasida yetakchi hisoblanadi. Mazkur muvaffaqiyat kompaniya abonentlari sharofati bilan qo‘lga kiritilgan.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн