Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Imzo brendi — yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 630           Дата: 16-04-2016, 12:44          
2016-yil 15-aprelda Toshkent shahrida O‘zbekiston va MDH davlatlarida birinchi marta eng yirik — Imzo derazalar fabrikasi ochildi. Bu ajoyib loyiha O‘zbekiston bozorlarida yetakchilik qilib kelayotgan Akfa derazalari ishlab chiqaruvchisining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yildi.

Imzo brendi — yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda

Deraza ishlab chiqarishda materialning sifati muhim rol o‘ynaydi. Imzo fabrikasida derazalar faqat dunyoning mashhur Aluplast, Schüco, Salamander, Alumil, Çuhodaruglu va Engelberg brendlarining yuqori sifatli materiallaridan ishlab chiqariladi. Mahalliy yoki import ishlab chiqaruvchining furniturasi buyurtma beruvchining tanloviga qarab taqdim etiladi.

Imzo brendi — yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda

Imzo fabrikasining o‘ziga xosligi shundaki, u tayyor derazalarni ishlab chiqarishda yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan. O‘z ixtiyorida deraza ishlab chiqarish bo‘yicha 15 ta avtomatlashtirilgan va 4 ta oyna ishlab chiqaruvchi robotlashtirilgan tizimga ega fabrika bir kechayu kunduzda 1 500 tayyor mahsulot ishlab chiqara oladi, shuning uchun fabrikada yig‘ishning ustunliklaridan biri tezlikda.

Imzo brendi — yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda

Fabrikada yig‘ish endi deraza sifat standartlari haqidagi tasavvurlarni butkul o‘zgartirib yuboradi. Imzo fabrikasining ishlab chiqaruvchi tizimlari Yevropadan keltirilgan. Ular kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Ishlab chiqarishning barcha operatsiyalari — profilni kesish, payvandlash va frezirovka qilishdan to furnitura, mexanizm va oynalargacha robot tomonidan avtomatik ravishda yuqori aniqlik bilan bajariladi.

Imzo brendi — yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda

Imzo fabrikasida har bir mahsulot sinov nazoratidan o‘tkaziladi, bu kompaniyaning mijozga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. Tayyor mahsulot termochidamlilik, mustahkamlik, issiqlik izolyatsiyasi, shishaning tiniqligi, ustki qatlamining silliqligi, payvandlarning ishonchliligi, rangning bir xilligi va vazniga muvofiqligi bo‘yicha sinovdan o‘tadi. Sinov va ishlab chiqaruvchining sifatiga muvofiqligi tasdiqlangandan so‘nggina mahsulotni tayyor oyna deb hisoblash mumkin.

Imzo brendi — yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda

Toshkentda deraza buyurtma qilishda tanlov, hisob-kitob, hajmlar va rasmiylashtirish bo‘yicha yordam beruvchi xodimlar xizmat ko‘rsatuvchi maxsus va qulay shou-rumlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuklash va transportirovka qilish texnologiyasiga qat’iy amal qilinib, mahsulot mo‘ljallangan manzilgacha bus-butun yetakaziladi, professional ustalar esa ishlab chiqaruvchining tavsiyalari va qoidalariga muvofiq montajni amalga oshirishadi.

Imzo brendi — yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda

Imzo fabrikasining vazifasi — bu O‘zbekiston aholisini yanada sifatli mahsulot bilan ta’minlash va deraza sanoatida texnologik taraqqiyotni targ‘ib qilish. Texnologiya olami bizga har kuni yangi imkoniyatlarni beruvchi yanada aqlli takliflar bildirmoqda.

Imzo brendi — yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda

Biz Imzo fabrikasining katta salohiyatiga hamda ishlab chiqarayotgan derazalarining sifati yuqori baholanishiga ishonch bildiramiz. Kelajakda assortimentni kengaytirish bo‘yicha jahon standartlariga javob beruvchi va iste’molchining talabini qondiruvchi istiqbolli rejalar tuzmoqdamiz. Sizning ishonchingiz va mamlakatimiz kelajagi biz uchun bebaho! Biz o‘lakamizning ravnaqi va gullab-yashnashi uchun har tomonlama turtki bo‘lishga tayyormiz.

Imzo brendi — yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda

Imzo fabrikasi derazalari — O‘zbekistonda yangi Yevropa standarti!

  • Telefon raqami: (99871) 207-77-77
  • Rasmiy sayt: www.imzogroup.uz

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031