Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oktyabr oyida “Beeline” abonentlaridan eng ko‘p berilgan savollar

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 1 478           Дата: 14-10-2015, 13:54          
Oktyabr oyida “Beeline” abonentlaridan  eng ko‘p berilgan savollar

“Beeline” ijtimoiy tarmoqlardagi kompaniyaning Facebook, OK.RU va Twitterdagi korporativ sahifalarida eng ko‘p berilgan savollar ro‘yhatini tuzdi.

1. Detalizatsiyani qanday olsa bo‘ladi, va uning narxi qancha?

Detalizatsiyaga https://uslugi.beeline.uz web-sayti orqali buyurtma berish, “Beeline Uzbekistan” mobil ilovasi orqali, shuningdek kompaniyaning shaxsiy ofislaridan biriga murojaat etib olish mumkin. Kompaniya ofislari orqali detalizatsiyaga buyurtma berish pullik (1kun uchun – $1, 7 kun uchun – 2$, 1 oy uchun – 4$).

2. Balans nima uchun kamayadi?

Balansning kamayishi abonent tarafidan kompaniyaning xizmatlaridan foydalanishni aks ettiradi. Bu SMS- MMS-xabarlar, Internetga ulanish, roumingda telefondan foydalanish, abonent to‘loviga ega va pullik qo‘shimcha xizmatlarni yoqish, shuningdek qisqa raqamlardan foydalanib kontent-provayderlar xizmatlaridan foydalanish chog‘ida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Ishonchli to‘lov va Avtoto‘lov xizmatlari taqdim etilgan paytda ham balansdan mablag‘ yechilib olinadi. Hisobdagi mablag‘ miqdorini nazorat qilish uchun *102# buyrug‘idan foydalanish, 0697 bepul raqamiga qo‘ng‘iriq qilish, yoki detalizatsiyaga buyruq berish mumkin.

3. Gudok o‘rniga sovg‘a sifatida musiqaga buyurtma berish qanday amalga oshiriladi?

Ha, sovg‘a sifatida musiqaga buyurtma berish mumkin. Buning uchun Galereyada musiqani tanlab, “Sovg‘a sifatida olish” opsiyasini tanlash lozim. Xizmatga buyurtma bergan abonent quyidagi SMS‘ni oladi: “Melodija v podarok byla uspeshno dostavlena abonentu s nomerom 99890xxxxxxx”. Abonent esa o‘z navbatida buyurtma bergan abonentning telefon raqami ko‘rsatilgan holda sovg‘a haqida SMS oladi.

4. “Beeline Club” ballari qanday beriladi?

Har bir SMS, MMS, Internet, harid qilingan rasm va musiqalar uchun sarflangan 1$ evaziga 5 ball beriladi. Batafsil ma’lumotga 0777 raqami orqali, yoki www.beelineclub.uz sayti orqali ega bo‘lish mumkin.

5. Raqamni qanday qilib o‘z nomiga rasmiylashtirish mumkin?

Qayta rasmiylashtirish tartibiga ko‘ra ikki taraf o‘z pasportlarining originallari bilan kompaniya ofisiga tashrif buyurishlari lozim. Oddiy raqamlarni qayta rasmiylashtirish narxi 2$, raqam “oltin” raqamlar toifasiga mansub bo‘lsa, “oltin” raqamning to‘liq narxi to‘lanadi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Navoiy kanchilari qiynalmoqda oylik maoshlari juda tushib ketgan hamma qulayliklar boshliqlqar uchun


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн