Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

ZTE’dan “Intellektual sinf”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 782           Дата: 15-04-2016, 12:27          
ZTE korporatsiyasi O‘zbekistonda 10 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya ishtirokida bir necha qo‘shma korxona tashkil etilgan va turli sohalarda ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirildi.

ZTE’dan “Intellektual sinf”

Bugungi kunda ZTE shirkati turli yo‘nalishlar, shu jumladan, elektron ta’lim sohasida samarali yechimlar taklif qilmoqda. Xususan, ZTE namunali loyiha sifatida noyob tizim — Smart Classroom — “intellektual sinf” dasturini ishlab chiqib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga taqdim etdi.

Ushbu tizim bir yoqlama bilim berishdan shaxsga yo‘naltirilgan izlanuvchan ta’lim dasturlariga o‘tish imkonini beradi, bu o‘z navbatida talabani yaxshi o‘qishga undaydi va o‘qishning yanada qiziqarli, samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu masofaviy ta’lim tizimi o‘qituvchilarga intellektual auditoriyadan chiqmay turib talabalarni o‘qitish, xorijiy universitetlar va professorlar bilan aloqa qilish imkonini beradi.

ZTE’dan “Intellektual sinf”

Har bir dars serverga yoziladi va talaba hamda o‘qituvchilarga istalgan qurilma orqali leksiyalarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Multimediya tizimi noyob dasturiy ta’minot, elektron displey, elektron doska va planshetlardan foydalangan holda talabaning bilim olishini kuzatish va ulardan har birini alohida, ham butun sinfni sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.

Bu esa o‘z navbatida talabaning bilim darajasini dars paytida va undan keyin baholashga xizmat qiladi. Shuningdek, tizim yordamida elektron kutubxona tashkil etish, talabalarning masofadan turib kitoblardan foydalanishini ta’minlash mumkin, bu esa darsliklarni taqsimlash ishlarini ancha tezlashtiradi.

ZTE’dan “Intellektual sinf”

ZTE korporatsiyasi (Zhongxing Telecommunication Equipment) 1985-yili Xitoyning Shenchjen (Shenzhen) shahrida tashkil etilgan. Hozirda kompaniya telekommunikatsiyalar, sanoat, energetika, turizm, transport, ta’lim va boshqa ko‘plab sohalarda eng zamonaviy texnologiyalarni taklif etmoqda.

ZTE korporatsiyasining 20 ta R&D markazi (ilmiy-tadqiqot markazlari) Xitoy, AQSh, Fransiya, Shvetsiya va Janubiy Koreyada faoliyat olib bormoqda. Fortune 500 ro‘yxatiga kiritilgan yetakchi xalqaro operatorlar va kompaniyalar shirkat texnologiyalari va yechimlaridan foydalanadi. ZTE iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun 50 dan ortiq yechimlar taklif etmoqda. Bunday tashqari, kompaniya iste’molchilar uchun mahsulotlar — telefonlardan tortib smartfonlargacha ishlab chiqaradi.

Kompaniya tomonidan to‘plangan tajriba va ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda yuritayotgan oqilona siyosati ZTE’ning butun dunyodagi mijozlariga o‘z oldiga qo‘ygan biznes maqsadlariga erishish va o‘z sohasi yetakchilariga aylanish imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031