Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sukerberg yulduzlararo zondni yaratish va Alfa Sentavr tizimini o‘rganish bo‘yicha loyihaga qo‘shildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 162           Дата: 14-04-2016, 18:32          
Mark Sukerberg Facebook’dagi sahifasida insoniyat tarixida ilk bor Quyosh tizimidan chiqish bo‘yicha loyihani ishlab chiqayotgan xalqaro olimlar guruhiga qo‘shilishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Sukerberg yulduzlararo zondni yaratish va Alfa Sentavr tizimini o‘rganish bo‘yicha loyihaga qo‘shildi

Rossiyalik biznesmen Yuriy Milner va britaniyalik taniqli koinot tadqiqotchisi Stiven Xoking birinchi yulduzlararo zondni yaratish va Alfa Sentavr tizimini o‘rganish bo‘yicha Breakthrough Starshot nomli loyihani boshlagan bo‘lib, uning direkorlar kengashiga Sukerberg ham kiritildi.

“Insoniyat tarixida birinchi marta boshqa yulduzlarni o‘rganish uchun Quyosh tizimi ortiga chiqishga harakat qilinadigan yangi kosmik loyihaga qo‘shilayotganimdan faxrlanaman. Bizga yaqin Alfa Sentavr yulduzi 40 trillion kilometr narida joylashgan, hozirgi eng tezkor fazo kemasidan foydalanganda ham u yerga borish uchun 30 ming yil kerak bo‘ladi, — deb ta’kidladi Sukerberg. — Yangi g‘oya yoqilg‘ida ishlovchi an’anaviy katta fazo qurilmalarini uchirish o‘rniga lazer nurlaridan foydalanib, yorug‘lik tezligining beshdan biri darajasida tezlikka erisha oladigan nanoqurilmalar — mitti koinot kemalari flotini yaratishdan iborat. Bunday qurilmalarning tezligi soatiga 160 million kilometrga yetishi mumkin va buning hisobiga Alfa Sentavrga 20 yilda yetish mumkin. Bu koinotni tadqiq etish va safar qilishdagi mutlaqo yangicha uslub”. 

Loyiha mualliflarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday parvozlar qiymati bir necha yuz ming dollarga yetishi, nanoqurilmalar narxi esa o‘lchami kichrayishi hisobiga mobil telefon bahosida bo‘lishi mumkin. Bu esa koinotga yuzlab shunday qurilmalarni uchirish imkonini beradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Январь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031